Statik biokimyо


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/91
Sana10.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1258062
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   91
Bog'liq
Kitob 5427 uzsmart.uz

Nazorat uchun savollar. 
1.Muskullarning tarkibi va umumiy xususiyatini ta‘riflab bering.? 
2. Harakat birligi deganda nimani tushunasiz? 
3. Muskulning qisqarishi qanday amalga oshadi? 
4. Muskul qisqarishining mexanizmi nima? 
5. Muskul qisqarishining biokimyosi nima?
6. Muskullarda issiqlik hosil bo’lishini ta‘riflab bering? 
7. Muskul kuchi nima? 
8. Muskulning ishi va foydalanish koeffitsenti deganda nimani tushunasiz? 
9. Muskullarning parchalanishini ta‘riflang? 
10. Silliq tolali muskullarning o’ziga xos xususiyatlarini ta‘riflab bering. 
11. Muskul oqsillari qaysilar va ular haqida ma'lumot bering? 
12. Muskulning plazma oqsilarini sanang? 
13. Muskul oqsillarining sifat analizi deganda nimni tushunasiz? 
14. Kreatinning asosiy vazifasi nimadan iborat? 
15. Kreatinin qanday hosil bo’ladi? 
16. Muskul to‘qimasidagi kreatin qanday aniqlanadi? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


SIYDIK BIOKIMYOSI 
 
Nazariy tushuncha: 
Siydik buyrak mahsuli bo’lib, uning asosiy vazifasi moddalar almashinuvi jarayonining 
oxirgi mahsulotlarini tashqariga chiqarish va qonning doimiy tarkibini saqlashdan iborat. Bir 
sutka davomida buyrak orqali 1000 litr qon o’tkazilib, 180 litr birlamchi siydik hosil bo’ladi. 
Buyrakdan filtrlangan siydikning faqat bir foizigina haqiqiy siydikka aylanadi, qolgan suyuqlik 
esa unda erigan moddalar bilan birga buyrakning proksimal naychalari orqali qaytadan so’riladi 
(reabsorbtsiya). Bir-kecha kunduzda ayollar o’rtacha 1200 ml va erkaklar 1500 ml siydik 
ajratadi. 
Siydik hosil bo’lishi va ajralishi ko’pincha markaziy nerv tizimi, miya po’stlog’i va 
impulslari tomonidan yoki gipofiz gormonlari orqali boshqariladi. Gipofiz bezining orqa 
bo’lagidan ajraladigan antidiuretik gormon (ADG) yoki vazopressin siydik ajralishini 
susaytiradi. 
Bir kunlik siydik tarkibida o’rtacha 40 g organik va taxminan 20 g noorganik modda 
bo’ladi. Siydikdagi mineral moddalar miqdori iste‘mol qilingan ozuqalarga bog’liq. Siydik orqali 
150 ga yaqin turli mahsulotlar ajraladi. Masalan, gormonlarning parchalanishidan hosil bo’lgan 
juft sulfat yoki juft glyukuron kislotalar, dorivor birikmalar, vitaminlar va boshqalar.
Siydik organizmdan vaqti-vaqti bilan ajraladi va bir kunda ajralgan siydik 
proportsiyalarining kimyoviy tarkibi, nisbiy zichligi va kislotaliligi turlicha bo’ladi. Shu tufayli 
siydikning miqdriy analizi uchun muayyan vaqtlarda ajralgan odatdagi sutkalik siydik olinadi. 
Tez parchalanadigan moddalarni (askorbin kislotasi, atsetosirka kislota va boshqalar) aniqlash 
uchun yangi siydik ishlatiladi. 
Odatda siydik sog’lom va patologik bo’lishi mumkin. Siydikni analiz qilishda uning 
fizik-kimyoviy xossalari, ya‘ni nisbiy zichligi, rangi, hidi, bir kunlik miqdori, kislotaliligi hamda 
organik va anorganik tarkibiy qismlari o’rganiladi. 
Odamlar siydigi odatda mariq rangli tiniq suyuqlikdir. Quyidagi jadvalda normal siydik 
tarkibini keltiramiz. 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling