Statik biokimyо


-tajriba. Muskul to‘qimalarining sifat analizi


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/91
Sana10.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1258062
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   91
Bog'liq
Kitob 5427 uzsmart.uz

54-tajriba. Muskul to‘qimalarining sifat analizi. 
 
Muskul o‘zida 72-80 % suv va 20-28% quruq moddalarni saqlaydi. Shulardan asosiy 
tarkibiy qismni oqsillar tashkil etib, ularning miqdori muskul massasida 16,5-21% ni tashkil 
etadi. Muskul to‘qimasi tarkibida quyidagi oqsillar mavjud: a) stukturali oqsillar (qisqaruvchi 
oqsil fibrilin va muskul stromasi oqsili miostromin), b) sarkoplazma oqsillari, ular o‘zida 
muskullardagi moddalar almashinuvi reaksiyalarini katalizlovchi turli-xil fermentlarni saqlaydi. 
Strukturali oqsillarga tegishli bo‘lgan miozin – muskul fibrilining qisqaruvchi oqsili 
bo‘lib, ATF ning ADF va noorganik fosfatga parchalanish reaksiyasini katalizlovchi 
adenozintrifofataza xususiyatli fermentlarga ega bo‘ladi. Yana bir boshqa strukturali oqsil – 
aktin va miostromin muskul stromasi va sarkolemmaning (muskul tolasining tashqi qavati) 
asosini tashkil qiladi. Bundan tashqari aktin, miozin bilan birgalikda ATF ning parchalanishi 
ta'siri ostida qisqaradigan qisqaruvchi kompleks – aktomiozinni hosil qiladi. 
Muskul oqsillari orasida birinchi o‘rinni qon gemoglabini strukturasiga yaqin bo‘lgan 
xromoproteid – mioglabin egallaydi. Bu oqsil gemoglabinga nisbatan o‘ziga O
2
ni ko‘p marotaba 
faolroq biriktiradi. Qonning to‘yingan kislorod tashishida u, muskullar uchun zahira 
rezervuaridek xizmat qiladi. Muskul oqsillari cho‘kkandan keyin eritma tarkibida qoladigan 
oqsilmas tabiatli moddalar, ekstraktiv moddalar nomi bilan yuritiladi. Ularga azot saqlovchi 
energiyaga boy modda: ATF (muskul qisqarishida asosiy energiya manbai) va kreatinfosfat 
(ATF resintezi uchun sarflanadigan makroergik fosforil guruhining asosiy zahirasi), shuningdek, 
kreatin (kreatin fosfat sintezida ishtirok etuvchi), uning angidridi – kreatinin, dipeptidlar 
karnozin va anserin (ATF resintezining glikolitik va nafas jarayonlarini boshqaruvchi), tripeptid 
glyutation (oksidlanish jarayonida ishtirok etadi), kodegidrogenazalar (NAD va NADF), erkin 
aminokislotalar va bir qator boshqa moddalar kiradi. 
Azotsiz ekstraktiv moddalarga birinchi navbatda glikogen kirib, u muskullarda (0,3 dan 
1% gacha miqdorda) uglevod zahirasi hisoblanadi. Muskul ekstraktidan glikogenni spirt 
yordamida oson cho‘ktirib, toza holda ajratib olish mumkin. 
Qolgan azotsiz ekstraktiv moddalarning miqdori muskul massasining 0,5 dan 1,1 % 
gacha tashkil etadi. Bular glyukoza, geksofosfor efirlari, pirouzum va sut kislotasi va boshqalar; 
shuningdek ularga xolesterin va fosfolipidlar ham kirib, suvda erimaydi biroq ularni yog‘li 
erituvchilar (etil va metil spirti aralashmasi yoki boshqalar) yordamida maydalangan (ezilgan) 
muskuldan ajratish mumkin. 


Bundan tashqari muskullar nisbatan katta miqdorda mineral ionlarga ham egadir. 
Shulardan eng ko‘p miqdorda K

va RO

- - -
uchrasa, Na

, Mg
++ 
, Ca
++ 
, Cl 
– 
bir oz kamroq, Fe
+++ 
va SO

- -
esa ozroq uchraydi. 
Bu barcha moddalarni spetsifik sifat va miqdor aniqlash reaksiyalari yordamida 
muskullardan ajratib olib, o‘rganish mumkin. 
Moddalar tarkibini o‘rganish jarayonida oson parchalanadi, shu bois fermentlar ta'sirini 
zudlik bilan to‘xtatish uchun muskul to‘qimasini suyuq kislorodda (yoki azotda) fiksirlash zarur.
Muskul plazmasi oqsillari (miogen, mioalbumin va boshqalar) albuminlar guruhiga kirib, 
suvda eriydi. Muskulning strukturali oqsillari (miozin, aktin, globulin va boshqalar) globulinlar 
guruhiga kiradi. Ular suvda erimaydi. Ularni muskullardan faqat tuzli eritmalarning katta ion 
kuchlari bilan ajratib olish mumkin. 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling