Statik biokimyо
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5427 uzsmart.uz
Ishning bajarilishi.
A. Me'da shirasining reaksiyasini aniqlash. Me'da shirasiga lakmus qog‘ozni botirish bilan uning kislotali reaksiyaga ega ekanligiga ishonch hosil qilinadi. Kongo reaksiyasini qo‘llash bilan shirali erkin xlorid kislota borligi aniqlanadi. Shiradagi kislotani aniqlash uchun kolbachaga me'da shirasidan 50 ml quyib, ustiga fenolftalein va dimetilamidoazobenzol indikatorlaring spirtdagi 1% li eritmaasidan 1-2 tomchi tomiziladi va NaOH ning 50 n eritmasi bilan titrlanadi. Aralashmaning qizil rangdan somon rangga o‘tishi me'da shirasida erkin xlorid kislota borligini ifodalaydi. Bunda titrlash uchun sarflangan ishqor eritmasining miqdori belgilanadi. So‘ngra titrlash davom ettiriladi, endi somon rang qizil rangga o‘tadi. Titrlash uchun sarflangan ishqor miqdori me'da shirasi tarkibidagi umumiy kislota miqdorini ko‘rsatadi. Bog‘langan HSl miqdori umumiy kislotabilan erkin kislotaning farqiga teng bo‘ladi. me'da shirasi tarkibidagi kislota miqdori umumiy kislota miqdoriga teng bo‘lib, foiz bilan ifodalanadi. B. Me'da shirasining hazm qilish kuchini aniqlash. Oltita probirka olib nomerlanadi vahar biriga bir xil kattalikdagi kichik bo‘lak fibrin solinadi. Ikkinchi qismi ishqor bilan neytrallanadi, uchinchi qismi esa o‘z holicha qoldiriladi. So‘ngra 2-probirkadagi fibringa qaynatilgan shira qo‘yshiladi, 3-probirkadagi fibringa neytrallangan me'da shirasi qo‘shiladi, 4-probirkaga xlorid kislotaning 0,5 %-li eritmasidan, 5-probirkaga distillangan suv, 1- va 6-probirkalarga 1 ml dan tabiiy me'da shirasi qo‘shiladi. Birinchi beshta probirka 37-40 0 C li suv hammomiga joylashtiriladi, 6-probirka muzli idishga solib qo‘yiladi. 10 minut o‘tgandan keyin suv hammomidagi hamma probirkalarni olib, vodoprovod jo‘mragidan tushayotgan suvda sovitiladi. Hamma probirkalardagi suyuqlik bilan biuret reaksiyasi o‘tkaziladi. Bunda oqsillar zangori- binafsha rangga kiradi, peptonlar qizil-binafsha rang hosil qiladi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling