Statik biokimyо


Kerakli asbob va reaktivlar


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/91
Sana10.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1258062
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   91
Bog'liq
Kitob 5427 uzsmart.uz

Kerakli asbob va reaktivlar: shtativ, probirkalar, pipetkalar, byuretka, mikrobyuretka,
distillangan suv, 10 marta suyultirilgan so’lak eritmasi, natriy karbonatning 1% li eritmasi, xlorid 
kislotaning 0,2% li eritmasi, suv hammomi, Lyugol eritmasi, kraxmalning 1% li eritmasi. 
Ishning bajarilishi 
Shtativga 5 tadan ikki qator probirka terilib, har qaysi qator alohida nomerlanadi. Birinchi 
qatordagi probirkalarni shartli A, ikkinchi qatorni esa B deb ataladi. Shundan so’ng ikkala 
qatordagi probirkalarning hammasiga byuretkadan 1 ml distillangan suv solinadi. 
So’ngra A qatordagi probirkalarning birinchisiga 1 ml xlorid kislota qo’shiladi. Shunda 
birinchi probirkadagi suyuqlik 2 ml bo’ladi. Birinchi probirkani chayqatib aralashtiriladi, keyin 
pipetka bilan 1 ml suyuqlik olib, ikkinchi probirkaga solinadi, so’ng undan 1 ml olib 
uchinchisiga, uchinchidan to’rtinchisiga, to’rtinchidan beshinchiga quyiladi. Nihoyat 
beshinchidan 1 ml olib tashlanadi. Natijada A qatordagi probirkalarda xlorid kislota quyidagicha 
suyulgan bo’ladi. 1-probirkada 2 , 2- sida 4, 3- sida 8, 4-sida 16, 5-sida 32 marta. 


B qatordagi probirkalarning birinchisiga 1 ml soda eritmasidan solib, xuddi A qatordagi 
singari suyultiriladi. Shunda ishqor ham xlorid kislota singari suyuladi. 
Shundan keyin 10 ta probirkagi adashtirmasdan hammasiga byuretkadan 10 marta 
suyultirilgan so’lakdan 1 ml dan va kraxmal eritmasidan 2 ml dan solinadi. So’ngra probirkalar 
37-40
0
li suv hammomida 10-15 daqiqa saqlanadi. 
Mo’ljallangan vaqt o’tgach probirkalar suv hammomidan olinadi va suvda sovitilib
shtativga o’z o’rniga teriladi. Probirkalarning hammasiga 2-3 tomchidan Lyugol eritmasi 
qo’shiladi. Shundan keyin probirkadagi suyuqliklarning rangiga asoslanib ishqor va kislotani 
qaysi kontsentratsiyasida kraxmalning qanday parchalanganligi aniqlanadi. 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling