Statik biokimyо
Kerakli asbob va reaktivlar
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5427 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 32-tajriba. Ferment faolligiga aktivator va ingibitorlarning ta’siri.
Kerakli asbob va reaktivlar: shtativ, probirkalar, muzli stakan, suv hammomi yoki
termostat, pipetkalar, kraxmalning 1% eritmasi, 10 marta suyultirilgan so’lak eritmasi, yodning 0,1% eritmasi. . Ishning bajarilishi. 4 ta probirka olib, ularning har birigi 10 tomchidan 1 % kraxmal eritmasidan qo’yiladi, birinchi probirkani muzli stakanga, ikkinchisini xona temperaturasiga, uchinchisini 45°C suv hammommiga, to'rtinchisini 75°C suv hammomi yoki termostatga qo’yiladi, 5 minut o'tgandan keyin probirkalarning hammasiga shu turgan holatida 10 marta suyultirilgan so’lakdan 10 tomchidan qo’shib, yana 5 minut shu holatda qoldiriladi. Bu muddat o'tgandan so’ng probirkalardagi aralashmalardan alohida probirkalarga 1-2 tomchidan olib, ustiga 1 tomchidan 0,1 % yod eritmasidan tomiziladi. Agar hamma probirkalardagi suyuqliklar ko’k rangga kirsa, inkubatsiya yana 5 minut davomida qoldiriladi va yod bilan reaktsiya qaytadan qilib ko’riladi. Turli hil probirkalardagi suyuqliklar yod bilan har xil rangga kirishi kraxmalning har xil darajada gidrolizlanganidan darak beradi. Fermentativ reaktsiyaning eng yuqori tezligiga 45°C erishiladi. Gidrolizning eng sekin ketishi yoki amalda ketmasligi 1- va 4- probirkalarda, ya’ni 0°C va 75°C da kuzatiladi. Tajriba natijalari jadvalda qayd qilinadi. Ferment aktivligiga temperaturani ta’siri. 0°С 20°С 45°С 75°С Tekshirilayotgan eritmaning yod bilan bergan rangi. Rangli maxsulot nomi. Xulosa. 32-tajriba. Ferment faolligiga aktivator va ingibitorlarning ta’siri. Ferment faolligini kuchaytiruvchi yoki to’xtatuvchi moddalar aktivatorlar va ingibitorlar deb ataladi. Ko’pchilik fermentlar aktivatorlari reaktsion muhitda bo’lmasa, ta‘siri umuman ko’rilmaydi. Masalan, amilaza dializ qilinsa, faolligi yo’qoladi, NaCI eritmasi qo’shilsa tiklanadi. Kinazalar guruhidagi fermentlarning faolligi uchun Mg ++ bo’lishi shart. Paralizator (ingibitor) larning ta‘sir mexanizmi yoki xarakteri xilma-xildir. Ba‘zi hollarda ular ferment aktivatori bo’lgan metall ionlarini biriktirib olsa, ba‘zan fermentni denaturatsiyalaydi yoki ferment bilan “yolg’on” ferment-substrat kompleksini hosil qilib, nofaol holatga o’tkazib qo’yadi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling