deyiladi.
Bular uglevodlar, suv-tuz almashinuvida qat-nashadi. Eng aktivlari kortikosteron,
kartizon, gidrokartizon, dezoksi-kortikosteron va aldosteronlar kiradi.
Buyrak usti bezining po’st qavati olib tashlansa Addison kasalligi kelib chiqadi. Teri
qorayib, odam ozib ketadi. To’qima
va yurak faoliyati, suv va mineral tuzlar almashinuvi
pasayib ketadi. Ayrim hollarda o’limga ham sabab bo’lishi mumkin.
Jinsiy gormonlar gonadalarda ishlab chiqariladi. Erkaklarda urug’-donda,
ayollarda
tuxumdonlarda hosil bo’ladi. Erkak jisiy gormonlariga androsteron, degidroandrosteron va
testosteron kiradi. Ayollar
jinsiy gormonlariga estradiol, estron va estrnal kiradi. Bular jinsiy
faoliyatga ta‘sir etish bilan birga oqsillar sintezini tezlashtiradi.
Mavzu: Oshqozon osti bezining gormoni – insulinga xos reaktsiya.
Oshqozon osti bezining Langergans orolchalarida ishlab chiqariladigan
insulin lotincha
«insula» so’zidan olingan bo’lib, orolcha degan ma‘noni anglatadi. Insulin kristall holda olinib,
1964 yili sun‘iy sintezlangan. Insulin ikki polipeptid bog’idan 21 va 30 aminokislota qol-
dig’idan iborat. Molekulyar og’irligi 6000.
Insulin uglevod almashinuviga har tomonlama ta‘sir ko’rsatadi.
Uning asosiy roli
uglevodlar almashinuvida namoyon bo’ladi, u hujayralar membranasining glyukozaga nisbatan
o’tkazuvchanligini oshiradi, glyukokinaza fermentini faollaydi, glikolitik fermentlar biosintezini
induktsiyalaydi,
glikogen sintezini, pentoz tsiklini stimullaydi. Insulin ta‘sirida oqsillar va
uglevodlardan lipidlar sintezi tezlashadi.
36-tajriba. Insulinga xos sifat reaktsiya
Insulin oqsillarga xos barcha sifat reaktsiyalarini beradi.
Quyida Geller va Biuret
reaktsiyalar haqida tajribani keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: