Statik biokimyо


Kerakli asbob va reaktivlar


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/91
Sana10.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1258062
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   91
Bog'liq
Kitob 5427 uzsmart.uz

Kerakli asbob va reaktivlar: shtativ, probirkalar, kontsentrlangan nitrat kislota, insulin 
eritmasi (ampulalarda), o’yuvchi natriyning 10% li eritmasi, mis (II)-sulfatning 1% li eritmasi. 
Ishning bajarilishi
Geller reaktsiyasi. Probirkaga 0,5-1 ml kontsentrlangan nitrat kislota quyib, uning ustiga 
ehtiyotkorlik bilan nitrat probirka devori bo’ylab teng hajmda insulin eritmasi qo’shiladi. 
Probirkadagi qavatlarga bo’lingan suyuqlik aralashib ketmasligi kerak. Bu vaqtda har ikkala 
qavat chegarasida yupqa halqa ko’rinishidagi oq amorf cho’kma hosil bo’ladi. 
Biuret reaktsiy. Probirkaga 0,5-1,0 ml insulin eritmasidan quyib, uning ustiga teng 
hajmda 10% li o’yuvchi natriy va 1-2 tomchi 1% li mis sulfat eritmasidan qo’shib chayqatiladi. 
Probirkadagi suyuqlik binafsha rangga kiradi. 
Nazorat uchun savollar 
1. A vitaminning kimyoviy nomi nima deb ataladi? 
2. A vitaminga xos sifat reaktsiyalari qanday bajariladi? 
3. C vitaminga xos sifat reaktsiyalari qanday bajariladi? 
4. Sariq qon tuzi temir (III) -xlorid bilan nima hosil qiladi.?


DINAMIK BIOKIMYО
 
UGLEVODLAR ALMASHINUVI 
 
Nazariy tushuncha: 
Inson va ko'pgina hayvonlarning kundalik ovqatida uglevodlar boshqa oziq moddalarga 
nisbatan ancha ko‘p miqdorda uchraydi. Masalan, odam uchun bir sutkada oqsillar va yog'lar 
o‘rtacha 100-110 g. kerak bo‘lsa, bu ko‘rsatgich uglevodlarga nisbatan 450-600 g. ni tashkil 
qiladi. Uglevodlarning katta miqdorda qabul qilinishi birinchi navbatda ularning tanada osongina 
parchalanib energiya berilishi bilan tushuntiriladi. Kishi uchun uglevodlar manbai bo‘lib un va 
un mahsulotlari, unli va donli ovqatlar, kartoshka, sut va sut mahsulotlari hamda shirinliklar 
xizmat qiladi. Yana inson oz miqdordagi uglevodni go‘sht va jigar bilan glikogen shaklida ham 
qabul qiladi. Ko‘rinib turganidek tabiatda uglevodlarning asosiy manbai o‘simliklar bo'lib, 
ularning ichida muhim uglevod kraxmaldir. 
O‘txo'r hayvonlarda ular iste'mol qiladigan ovqatning asosiy qismini turli-tuman 
o‘simliklar tashkil qilib, ular inson hazm qila olmaydigan klechatka, ya'ni sellyulozani ham 
o‘zlarining oshqozon-ichak traktida o‘zlashtirish qobilyatiga ega. Bu xildagi uglevodlar 
hayvonlarning ko‘p kamerali oshqozonida simbiotik yo'l bilan hayot kechiradigan 
mikroorganizmlar yordamida parchalanadi. Shuni ham aytish joizki, uglevodlardan glyukoza 
(monosaxarid) aynan shu mikroorganizmlar uchun oziq modda bo‘lib hisoblanadi. Agar 
oshqozon-ichak yo'lida u ma'lum sabablarga ko‘ra ko‘p uchrasa, mikroorganizmlar juda tez 
ko‘payib ketadi. Uglevodlarning organizm uchun nihoyatda zarur energiya manbai ekanligini 
shundan ham tasavvur qilish mumkinki, agar uning me'yoriy miqdori qonda kamayib ketsa 
(gipoglikemiya) kishi darmonsizlanib, tana harorati pasayib ketadi, muskullar zaiflashadi, 
charchash sezgisi paydo bo‘ladi. Agar qondagi glyukoza miqdori yanada pasaysa, o‘lim yuzaga 
kelishi ham mumkin. Odatda qondagi glyukoza miqdori 80-120 mg% bo‘lib, kuchli 
gipoglikemiya bu meyoriy ko‘rsatgich 40 mg% va undan past bo‘lganida yuzaga keladi. Qondagi 
glyukoza muskullardan tashqari markaziy nerv tizimi uchun ham nihoyatda zarur oziq modda 
bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham gipoglikemiya vaqtida markaziy nerv sistemasi faoliyati 
pasayib, bosh aylanadi, kishi hushidan ketadi, alahsiraydi, terisi oqarib, ter bosadi, yurak 
faoliyatida o‘zgarish kuzatiladi va hokazo. Bunday paytlarda qonga, teri ostiga glyukoza 
yuborilsa yoki qand iste'mol qilinsa qayd qilingan holatlardan tezda chiqish mumkin. 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling