Statik biokimyо


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/91
Sana10.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1258062
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   91
Bog'liq
Kitob 5427 uzsmart.uz

GORMONLAR KIMYOSI 
 
Nazariy tushuncha: 
Gormonlar hujayra va organlarni qo’zg’atib, organizmda kechadigan biologik 
jarayonlarni boshqarilishini ta‘minlaydi. Gormon grekcha «hormao» so’zdan olingan bo’lib, 
tebrataman, qo’zg’ataman degan ma‘noni anglatadi. Gumoral, ya‘ni organizmning suyuqliklar 
orqali bo’ladigan o’zaro kelishish munosabatlari asosan gormonlar faoliyatiga bog’liq.
Gormonlar ichki sekretsiya bezlarining mahsuloti bo’lib, ular to’g’ridan-to’g’ri qonga qo’yiladi. 
Ichki sekretsiya bezlariga gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, qalqon oldi bezlari, buyrak 
usti bezlari, oshqozon osti bezining alohida qismi, jinsiy bezlar va boshqalar kiradi. Ular 
fermentlarni faollab yoki pasaytirib, membranalarni o’tkazuvchanligini o’zgartiradi. Ularning 
faoliyati markaziy nerv tizimi orqali boshqarilib turadi. Ayrim gormonlarning qondagi miqdori 
kamayib ketsa ularning ishlashiga signal bo’ladi. Ma‘lum gor-monlarning faoliyati gipofiz 
tomonidan ishlanadigan trop gormonlar orqali boshqarilib turiladi. 
Gormonlar kimyoviy tabiati bo’yicha bir necha guruhga bo’linadi. Ko’pchilik gormonlar 
oqsillar, polipeptidlar, ayrimlari aminokislotalarning hosilalari, ayrimlar steroid tuzilishga 
egadir. Gormonlar toza holda ajratilib olinmagan. Ayrim oqsil tabiatga ega bo’lmagan gormonlar 
oqsillar bilan birikib, ularning turg’unligi, faolligi oshib shu holatda ko’chiriladi. Ularning 
faolligi benihoya kattadir. Masalan, adrenalinning 1 kg og’irlikka 0,00001 mg bo’lsa faolligi 
bilinadi. Gormonlar qonda ko’pchiligi periferik organlarda (masalan, jigarda) parchalanadi. 
 
Oqsil tabiatga ega bo’lgan gormonlar. Oshqozon osti bezining gormonlari yoki 
pankreas ikkita alohida funktsiyaga ega. U ingichka ichakka maxsus chiqarish yo’li orqali 
qo’yiladigan, tarkibida ovqat hazm qilish fermentlari bor shira ishlab chiqaradiki, bu uning 
tashqi sekretsiyasi va bevosita qon oqimiga qo’yiladigan kamida ikkita gormon ishlab chiqaradi. 
Bular oshqozon osti bezining Langergans orolchalarida ishlab chiqariladigan insulin va 
glyukagondir. Glyukagon oqsil tabiatli bo’lib, 29 aminokislota qoldg’idan iborat bo’ladi. Uning 
ta‘siri insulinga teskari, ya‘ni qondagi qand miqdorini oshiradi. Glikogenni parchalanishini 
tezlashtiradi. Lekin to’qimalardagi glikogenga ta‘sir qilmaydi. Oqsil tabiatli gormonlarga 
gipofiz, adrenokortikotrop, tireotrop, qalqonsimon va qalqon oldi bez va buyrak usti bezi 
gormonlari kiradi. 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling