Statik biokimyо
-tajriba. Jigar glikogenini ajratish
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5427 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli jihozlar va reaktivlar
- Ishning bajarilishi
39-tajriba. Jigar glikogenini ajratish.
Glikogen oqsilga o‘xshab gidrofillik (suvni sevish) xossasiga ega. Uning shu xossasidan foydalanib, ishqoriy va ishqoriy-yer metall tuzlari yordamida tuzlash usuli bilan yoki og‘ir metall tuzlari hamda spirt ta'sirida cho‘ktirib glikogenniing suvli eritmasini ajratish mumkin. O‘rtacha ovqatlanadigan odam jigarida 80-120 g glikogen yig‘iladi. Bir kun och qolgan odamning barcha glikogeni parchalanib, odatdagi sifat reaksiyalari bilan glikogenni aniqlab bo‘lmaydi. Ushbu usul glikogenni suvda yaxshi erishi va kuchsiz kislotali sharoitda turg‘un bo‘lishiga asoslangan. Glikogenni ajratish to‘qimani mexanik ravishda parchalab, 5 % li UXSK eritmasi yordamida ekstraksiyalash (glikogennni eritmaga chiqarish) dan iborat. Bu sharoitda oqsillar denaturatsiyalanib, cho‘kmaga tushadi. Cho‘kma eritmadan filtrlash yo‘li bilan olib tashlanadi. Kerakli jihozlar va reaktivlar: elktron tarozi, shtativ va probirkalar, voronkalar, shisha tayoqchalar, qog‘oz filtrlar, chinni havoncha, kimyoviy stakanlar, gaz gorelkasi, UXSK (uch xlor sirka kislota) ning 5 % li eritmasi, etil spirti, ammoniy sulfat tuzi, qo‘rg‘oshin atsetatning 10 % li eritmasi, yodning kaliy yodda tayyorlangan 1 % li eritmasi, bir kun och qolgan va och qolmagan hayvon jigari. Ishning bajarilishi 1. Tajriba uchun bir kun och qoldirilgan va ovqat berilgan hayvon jigari tezlik bilan ajratiladi, qondan tozalanadi, qaychi bilan mayda bo‘lakchalarga bo‘linadi va stakanda qaynab turgan fiziologik eritmaga solinib, fosforilaza fermenti kuchsizlantiriladi. 10 – 15 daqiqadan so‘ng jigar bo‘lakchalari stakandan olinadi. 2. Jigar bo‘lakchasi 0,5 g qilib tortib olinadi va chinni xovonchaga solinadi. Uning ustiga UXSK (uch xlor sirka kislota) ning 5% li eritmasidan 3 ml solib, 10 daqiqa davomida yaxshilab eziladi. So‘ngra ustiga 3 ml distillangan suv solib, yaxshilab aralashtiriladi va ho‘llangan filtr qog‘oz orqali toza probirkaga o‘tkaziladi. 3. Ajratilgan glikogen sifat reaksiya bilan aniqlanadi: a) birinchi probirkaga 10 ml distillangan suv, ikkinchi va uchinchi probirkalarga 1 ml glikogen filtrati solinadi va uchala probirkaga 1-3 tomchi yod eritmasi tomiziladi. Probirkalardagi eritmalarning rangi solishtiriladi. b) uchta probirkaga to‘yib ovqatlangan hayvon jigaridan tayyorlangan filtratdan 10 tomchi solinadi. So‘ngra birinchi probirkaga 10 tomchi etil spirti, ikkinchisiga qo‘rg‘oshin atsetat eritmasidan 10 tomchi, uchinchisiga esa ammoniy sulfat tuzidan to‘yinguncha solinadi. Probirkalarda cho‘kma hosil bo‘lishi kuzatiladi. Och qolgan hayvon jigari filtrati bilan ham xuddi shunday tajriba o‘tkaziladi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling