Statik biokimyо


-tajriba. Insulin va adrenalining qondagi qand miqdoriga ta'siri


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/91
Sana10.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1258062
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   91
Bog'liq
Kitob 5427 uzsmart.uz

37-tajriba. Insulin va adrenalining qondagi qand miqdoriga ta'siri. 
Buyrak usti bezlarining mag‘iz qismidan ajraladigan gormon adrenalin ta'sirida jigardagi 
glikogenning parchalanishi zo‘rayib, qonda qand miqdori ko‘payadi. Bunga adrenalin 


giperglikmiyasi deyiladi. Qondagi qand miqdori 170 mg % ga yetib, undan ham oshib ketganda 
qand siydik bilan chiqa boshlaydi. Bunga adrenalin glyukozuriyasi deyiladi. 
Oshqozon osti bezi Langergans orolchalaridan ajraladigan insulin gormoni ta'sirida 
aksincha jigardagi glikogenning sintezlanishi zo‘rayib, qonda qand miqdori kamayadi. Bunga 
insulin gipoglikemiyasi deyiladi. 
Kerakli jihozlar va reaktivlar: Probirkalar, kolbachalar, voronka, mikropipetka, 
mikrobyuretka, pipetka, paxta, suv hammomi, quyon, shprits (ignasi bilan), rux sulfatning 0,45 
% li eritmasi, natriy ishqorning 0,1 % li eritmasi, giposulfitning (Na

S
2
O
3
) 0,005 normal 
eritmasi, natriy ishqorning 10 % li eritmasi, qizil qon tuzining 0,005 normal eritmasi (2,65 g 
kimyoviy toza kaliy temir 3 sianid bir oz distillangan suvda eritilib, ustiga natriy karbonat 
tuzidan 10,6 g solib eritiladi, ular to‘liq eriganidan keyin eritma hajmi 1 l ga yetguncha 
distillangan suv solinadi va rangli shisha idishda saqlanadi), kraxmalning 1 % li eritmasi, atsetat 
kislotaning 3 % li eritmasi, natriy xlorid, rux sulfat va kaliy yodid tuzlari eritmalari, insulin, 
fiziologik eritma, glyukozaning 40 % li eritmasi, adrenalin (1:1000) glyukoza (kukuni). 
Ishning bajarilishi
1) Insulinning qondagi qand miqdoriga ta'siri. Quyonning og‘irligi o‘lchangandan 
keyin, uning qulog‘idan qon olib qand miqdori aniqlanadi. Uning qonidagi qand miqdorini 
sezilarli darajada kamaytirish uchun har bir kg tana massasi nisbatan 1,5 birlik insulin yuborish 
kerak.
Tibbiyotda qo‘llaniladigan preparatining har 1 ml da 20-40 birlik insulin bo‘ladi. Quyon 
og‘irligi 2 kg bo‘lsa, 3 birlik insulin kerak. Bu miqdor 1 ml da 20 birlik insulin bo‘lgan 
preparatning 0,15 ml ga teng. 
Odatda insulin preparatidan shprits bilan 0,15 ml olish qiyin, shuning uchun uni 
fiziologik eritma bilan 10 marta suyultirib, keyin undan 1,5 ml olib, quyon terisi ostiga 
yuboriladi. Shundan so‘ng 45-60 minut o‘tgach quyon qulog‘idan qon olib, yana qand miqdori 
aniqlanadi.
Birinchi marta olingan qondagi qand miqdoriga nisbatan ikkinchi marta olingan qondagi 
qand miqdori oz bo‘ladi. 
Agar insulin yuborilgandan keyin quyon titrab, o‘ladigan holga kelsa, qonda qand 
miqdori juda kamayganligini ko‘rsatadi. Bunday holda uning quloq venasi orqali tezda 10-15 ml 
40 % li glyukoza eritmasi yuborish zarur. 
2) Adrenalininng qondagi qand miqdoriga ta'siri. Yuqorida aytib o‘tilgan tartibda 
quyondan qon olib, qand miqdori aniqlanadi. 
Quyon qonidagi qand miqdori sezilarli darajada ko‘payishi uchun uning har bir 
kilogrammiga adrenalinning odatdagi 1:1000 eritmasidan 0,3 ml yuborish kerak. Quyonning 
og‘irligiga mos ravishda adrenalinning miqdorini hisoblashni osonlashtirish uchun uning 
odatdagi eritmasidan 3,7 ml olib, 6,3 ml fiziologik eritma bilan suyultiriladi. Shunda quyonning 
har 1 kg og‘irligiga tayyorlangan adrenalin eritmasidan 1 ml yuboriladi. 
Quyon terisi ostiga tegishli miqdorda adrenalin eritmasi yuborilgandan keyin 30 minut 
o‘tgach, quyon qulog‘idan qon olib yana qand miqdori aniqlanadi.
Birinchi marta olingan qondagi qand miqdoriga nisbatan ikkinchi marta olingan qondagi 
qand miqdori ko‘p bo‘ladi. 
3) yeyilgan qandning qondagi qand miqdoriga ta'siri. Ma'lumki, ovqat bilan qabul 
qilingan uglevod ta'sirida pankreasdan ko‘proq insulin ajrala boshlaydi. Bu o‘z navbatida jigar va 
muskuldagi glikogenning sintezlanishini, to‘qimalarda uglevodlarning oksidlanishini tezlashtirib, 
qondagi qand miqdorini kamaytiradi. Shunga asoslanib kishilarga ma'lum miqdorda uglevod 
berib, qondagi qand miqdorini aniqlash yo‘li bilan jigar glikogenining sintezlanishi va 
pankreasning insulin ajratish funksiyasi holatini bilish mumkin. 
Odatda odamga 100 gramm glyukoza yoki saxaroza yoki 40 gramm galaktoza berilganda 
uning qonidagi qand miqdori ko‘payadi. Lekin bunga javoban pankreasdan tegishli miqdorda 
insulin ajralib, 1-1,5 soat ichida qondagi qand miqdori qaytadan normal holatga keladi. Agar 
jigar yoki pankreas kasallanib, ularning funksiyasi buzilgan bo‘lsa, yuqorida ko‘rsatilgan 


miqdorda uglevod berilsa, qand miqdori ko‘payib, 2-3 soat ichida ham me'yorga qaytib 
kelmaydi. Chunki, pankreas kasal bo‘lsa, yeyilgan uglevodlarga javoban yetarli miqdorda insulin 
ajralmaydi; jigar kasal bo‘lsa, yetarli miqdorda insulin ajralsa ham jigarda glikogen 
sintezlanmaydi. 
Nonushtadan oldin, nahorda jigar yoki pankreas funksiyasini tekshirish kerak bo‘lgan 
kishi barmog‘idan qon olib, qand miqdori aniqlanadi. Shundan so‘ng 100 gramm glyukoza yoki 
saxaroza yoki 40 gramm galaktozani 400 ml suvda eritib ichiriladi va har 15 minutda shu 
kishining barmog‘idan qon olib qand miqdori aniqlanadi. Tekshirish 2 soat davom etadi. Shu 
vaqt ichida aniqlangan qondagi qand miqdoriga asoslanib quyidagicha egri chiziq hosil qilinadi.
2-rasm. Qondagi qand miqdorini ko‘rsatuvchi egri chiziq

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling