Statik biokimyо


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/91
Sana10.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1258062
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   91
Bog'liq
Kitob 5427 uzsmart.uz

E
tekshiruv 
x 1000 / E
doimiy 
x 0,5 mkmol/l 


Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar: natijalar birma-bir daftarga yoziladi va tegishli 
xulosalar qilinadi. 
46-tajriba.Qon zardobi tarkibidagi yog‘larni aniqlash. 
To‘qimalarda uchraydigan barcha yog‘ fraksiyalari qonda ham bo‘ladi. Laboratoriya 
sharoitida qon tarkibidagi umumiy yog‘lar, triglitseridlar, yog‘ kislotalar, xolesterin va uning 
efirlari kabi ko‘rsatkichlar aniqlanadi. Bolalarning qon zardobi tarkibidagi yog‘lar 
kattalarnikidan sifati va miqdori bilan farq qiladi. Katta yoshdagi sog‘lom odam qon zardobida 
umumiy yog‘ miqdori 400-800 mg/dl orasida bo‘ladi.
Yog‘larni aniqlash uchun qon zardobiga konsentrlangan sulfat kislota qo‘shiladi. U 
yog‘larni gidrolizlaydi. Parchalanishdan hosil bo‘lgan mahsulot sulfanilamid reaktivi bilan rangli 
birikma hosil qiladi. Bu rangning optik zichligidan yog‘ miqdori hisoblab topiladi.
Kerakli jihozlar va reaktivlar: probirkalar, pipetkalar, suv hammomi, FEK, 0,5 sm 
qalinlikdagi kyuvetalar, konsentrlangan sulfat kislota, fosforvanilin aralashmasi (4 qism 
konsentrlangan fosfor kislota va 1 qism 0,6 % li vanilin kislota), qon zardobi. 
Ishning bajarilishi:
Tekshruv va nazorat probirkalari jadvalga binoan tayyorlanadi. Sulfat kislota silindrda 
o‘lchanadi. 
1. Probirkalardagi suyuqliklar yaxshilab aralashtiriladi va gidrolizlash uchun qaynab turgan 
suv hammomiga 10 daqiqa joylashtiriladi. Tajriba probirkalari oqib turgan suv tagida xona 
haroratida sovitiladi. Keyin 0,2 ml gidrolizat quruq probirkaga olinadi va ustiga 3 ml 
fosforvanilin aralashmasidan solib aralashtirilib, 45 daqiqa xona haroratida qoldiriladi. 
2. Hosil bo‘lgan rangli eritmaning zichligi nazorat eritmasi qarshisida yashil nur filtrida 
kalorimetrlanadi. 
3. Yog‘larning umumiy miqdori o‘lchov egi chizig‘i bo‘yicha hisoblanadi. Natija birligi qilib 
100 ml qon tarkibidagi yog‘ miqdori (mg) da olinadi. 
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar: natijalar daftarga yozib olinadi va tegishli 
xulosalar qilinadi. 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling