Statik biokimyо
-tajriba. Engelgard va Smirnova usuli bilan kalorimetrik usulda
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5427 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli jihozlar va reaktivlar
43-tajriba. Engelgard va Smirnova usuli bilan kalorimetrik usulda
xolesterin miqdorini aniqlash. Sog‘lom kishilarning qonida xolesterinning bir qismi eritrotsitlarda, ikkinchi qismi esa qon plazmasida bo‘ladi. Eritrotsitlardagi xolesterin erkin holda, plazmadagi xolesterin esa efir shaklidadir. Qondagi xolesterinning umumiy miqdori me'yorida 150-200 mg % bo‘ladi. Ushbu usulda xolesterin miqdorini aniqlashda uning efirlari gidrolitik parchalanadi. Ayrim kasalliklar, jumladan diabet, ba'zi bir buyrak va mexanik sariq kasalliklarida qondagi xolesterinning miqdori 1000 mg % ga yetadi. Aksincha, jigarning ba'zi bir kasalliklarida, shuningdek, kamqolilik va buyrak usti bezi xastaligida qondagi xolesterin miqdori kamayadi. Shuning uchun ham qondagi xolesterin miqdorini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Kerakli jihozlar va reaktivlar: Probirkalar (qalin shishadan yasalgan), o‘lchovli probirka (2 dona), mikropipetka, kalorimetr, suv hammomi, pipetka (5 ml li), Frank ninasi yoki skarifikator, paxta, doka, kaliy ishqorining (KON) 25 % li eritmasi, natriy monogidrofosfat Na 2 HPO 4 · 2H 2 O, atsetat angidrid, sulfit kislota (konsentrik), xolesterinning xloroformdagi 20 mg % li standart eritmasi. Ishning bajarilishi: Buning uchun xolesterinning atsetat angidrid bilan yashil rang hosil qilish reaksiyasidan foydalaniladi. Ana shu rangning intensivligi asosida kolorimetrik usul bilan xolesterin miqdori aniqlanadi. Rangning intensivligini solishtirish uchun Dyubosk tipidagi kolorimetrdan foydalaniladi. Kalorometr asbobida 2 ta stakancha bo‘lib, ular siljiydigan maxsus kursichalarga o‘rnatilgan. Vintlar yordamida stakanchalarni yuqori ko‘tarish va pastga tushirish bilan ularga quyilgan rangli suyuqliklarning qalinligini o‘zgartirish mumkin. Asbobning pastki qismidagi plastinkaga tushgan yorug‘ tekshiriladigan rangli suyuqlik va shisha tayoqchalardan o‘tib, maxsus prizmaga (V) tushadi. Prizmadan o‘tganda o‘ng tomondagi yorug‘ okulyarning chap tomonida va chap tomondagi yorug‘ okulyarning o‘ng tomonida ko‘rinadi. Kolorometr bilan ishlashdan avval uni tekshirib ko‘rish kerak. Buning uchun asbobning ikkala stakanchasiga bir xil konsentratsiyali rangli suyuqlik solinadi. So‘ng stakanchalarni asbobdagi joyga o‘rnatib, tegishli vintlar yordamida bir xil qalinlikka to‘g‘irlanadi. Shundan keyin plastinkani yorug‘ tomonga qaratib, okulyardan qarab ikki tomondagi rangning bir xil bo‘lgani topiladi. Shundan so‘ng asbobni va plastinkani qimirlatmasdan stakanchalardagi suyuqlik to‘kib tashlanadi, stakanchalar yuvilgandan keyin biriga standart, ikkinchisiga tekshiriladigan suyuqlik solinadi. Standart eritmali stakan asbobning chap tomoniga va tekshiriladigan suyuqlik o‘ng tomoniga o‘rnatiladi. Vint yordamida standart eritmani ma'lum qalinlikda (10-15 mm) qo‘yib, o‘ng tomondagi vint yordamida tekshiriladigan suyuqlikni yuqoriga ko‘tarish va pastga tushirish bilan okulyardagi rangning bir xil bo‘lgani topiladi (tayoqchalarning uchi albatt suyuqlikka botib turishi shart). So‘ngra shkaladan standart va tekshiriladigan suyuqliklarning qalinligi aniqlanadi. O‘ng tomondagi suyuqlikning qalinligini o‘zgartirib, qaytadan okulyarda ko‘ringan rangning bir bo‘lganini topib, shkaladan suyuqliklarning qalinligi aniqlanadi. Shu xilda suyuqliklarning qalinligi 2-3 marta aniqlanadiva o‘rtachasi olinadi. Shundan keyin tekshirilgan suyuqlikdagi modda miqdori formula yordamida hisoblab topiladi. Barmoqdan mikropipetka bilan 0,1 ml qon olib, sentrifuga probirkasining eng tagiga tushiriladi. Qon olingan pipetka bilan distillangan suvdan 0,1 ml olib qonga qo‘shiladi. Yana shu pipetka bilan kaliy ishqorining 25 % li eritmasidan 0,1 ml olib, u ham shu probirkaga solinadi. Shundan keyin probirka qaynab turgan suv hammomida 30 minut saqlanadi. Natijada yuqori harorat ta'sirida va ishqor ishtirokida qondagi xolesterin efirlari gidrolitik usulda xolesterin va yog‘ kislotasiga parchalanadi. Mo‘ljallangan vaqt o‘tgach probirkaga 1,5 ml xloroform 0,15 g chamasida natriy gidrofosfat kukuni solinadi va shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi. So‘ng 10 minut tinch saqlanadi. Ko‘rsatilgan vaqt o‘tgach probirka to undagi xloroform qaynaguncha qaynab turgan suv hammomiga qo‘yiladi va sovuq suvda sovitiladi. Gidrofosfat gigroskopik bo‘lgani uchun probirkadagi suvning hammasini o‘zida olib qoladi va suvsiz xloroform ajraladi. Qondagi efirning gidrolizlanishidan hosil bo‘lgan xolesterin va erkin xolesterinning hammasi shu suvsiz xloroformda erigan bo‘ladi. Probirkadagi xloroform dekantatsiya usulda 2,5 ml li probirkaga quyiladi. Qotgan tuzda qolgan xolesterin qoldiqlari 1 ml xloroform bilan chayqatilib, o‘lchovli probirkadagi suyuqlik ustiga solinadi. Uning ustiga suyuqlikning hajmi 2.5 ml ga yetguncha xloroform qo‘shiladi. Shundan keyin ikkinchi bir 2,5 ml li probirkaga xolesterinning xloroformdagi 20 mg% li eritmasidan 1 ml olib, ustiga uning hajmi 2,5 ml ga yetguncha xloroform qo‘shiladi. O‘lchovli probirkalarning ikkalasiga ham 1 ml dan atsetat angidri va 3 tomchidan konsentrik sulfat kislota qo‘shiladi va so‘ng chayqatiladi. 30 minut tinch saqlanadi. Natijada probirkalardagi suyuqlik yashil rangga buyaladi. Mo‘ljallangan 30 minut o‘tgach, probirkalardagi yashil rangli suyuqlikni kolorimetrning stakanchalariga qo‘yib, ularning rangi solishtiriladi. Shundan keyin quyidagi formula yordamida xolesterinning miqdori hisoblab chiqariladi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling