Statik biokimyо


-tajriba. Me'da osti bezi shirasi fermentlari ta'sirida oqsillarning parchalanishi


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/91
Sana10.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1258062
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   91
Bog'liq
Kitob 5427 uzsmart.uz

51-tajriba. Me'da osti bezi shirasi fermentlari ta'sirida oqsillarning parchalanishi. 
Oqsillar va hosil bo‘lgan albumozlarning parchalanishi 12 barmoqli ichakda davom etadi. 
Parchalanish jarayoni me'da osti bezi shirasi tarkibidagi tripsin, ximotripsin ta'sirida amalga 
oshiriladi. Ular ta'sirida kichik bo‘lakli peptidlar va kam miqdorda erkin aminokislota hosil 
bo‘ladi. Ushbu fermentlarning ta'sirini aniqlash uchun ferment manbai sifatida pankreatinning 
0,5 % li natriy karbonatdagi 2% li eritmasi yoki me'da osti bezining glitserinli ajratmasidan 
foydalaniladi. Substrat sifatida pishirilgan tuxum yoki fibrin bo‘lakchalari ishlatiladi. 


Kerakli asbob va reaktivlar: probirkalar, shtativlar, pipetkalar, 40 
0
C li termostat yoki 
suv hammomi, pishgan tuxum oqsili yoki fibrin bo‘lakchalari, sirka kislotaning 1 % li eritmasi, 
ko‘k lakmus qog‘ozi, 0,5 % li natriy karbonatda tayyorlanagan pankreatinning 2 % li eritmasi 
yoki me'da osti bezining glitserinli ajratmasi.
Ishning bajarilishi. 
Uchta probirkaga pankreatin eritmasi yoki pankreatin ajratmasidan 1 ml solinadi. Birinchi 
probirkadagi eritma bir necha daqiqa qaynatiladi va suv tagida sovitiladi. Ikkinchi probirkadagi 
eritmaning muhiti (lakmus qog‘ozi yordamida) 1% li sirka kislota bilan nordonlashtiriladi. Uchta 
probirkaning har biriga fibrin oqsili bo‘lakchalari solinadi va 37 – 40
0
C li termostatga 
joylashtiriladi.
40-60 daqiqadan so‘ng probirkalar termostatdan olinadi va eritmalar aralashtiriladi. Oqsil 
bo‘lakchalari bilan bo‘lgan o‘zgarishlar kuzatiladi va barcha probirkadagi eritmalar bilan biuret 
reaksiyasi o‘tkaziladi.
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar: Natijalar jadvalga yoziladi va tegishli xulosa 
chiqariladi. 
Eritma 
Probirkalar 



Substrat
Ferment
Eritma muhiti
Kuzatilgan o‘zgarishlar
Biuret reaksiyasi 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling