Statik biokimyо


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/91
Sana10.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1258062
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   91
Bog'liq
Kitob 5427 uzsmart.uz

Uropepsinni aniqlash. Probirkaga bir sutkada yig‘ilgan 0,5 ml siydik o‘lchab olinadi. 
Siydik tarkibidagi uropepsinni faollash uchun pH 3,0 ga teng bo‘lgan 0,1 ml 2 M vodorod xlorid 


eritmasi solinadi. Kongo qizili ko‘k-binafsha rangga kirguncha ushlab turiladi. Probirkadagi 
aralashma 37 
0
C li termostatga bir soatga joylashtiriladi. 
25 gacha isitilgan suv hammomiga faollangan uropepsin va 5 ml sut-atsetat aralashmasi 
solingan probirka joylashtiriladi. Probirkalar 5 daqiqa ushlanadi. Uropepsinning faolligi 
yuqoridagidek aniqlanadi. 
Hisoblash. Uropepsin faolligini hisoblash uchun 60 soni ivish boshlangan vaqtga 
bo‘linadi va bu son 2 ga va bir sutkada ajratilgan siydik miqdoriga ko‘paytiriladi. Demak, bir 
sutkalik siydik uchun uropepsinning faol miqdori topiladi. O‘rtacha siydik bilan 150–300 
uropepsinogen birligi yoki 1,5 – 3,0 mg ajratiladi. 
Ahiliya holatlarida me'da shirasida va siydikda fermentlar bo‘lmasligi kuzatiladi. Yara 
kasalliklarida pepsin faolligi odatdagidan bir muncha yuqori bo‘ladi. 
 
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar: Natijalarni daftaringizga yozib oling va 
tegishli xulosalar chiqaring. 
53-tajriba.
Oqsilning me'da shirasi ta'sirida parchalanishini kuzatish. 
Me'da shirasi me'da devorida joylashgan bezlardan ajraladi. uning tarkibida oqsillarga 
ta'sir etadigan pepsin, sut oqsillarini eritadigan ximozin va yog‘larni parchalaydigan lipaza 
fermentlari bor. Biroq lipaza me'dadagi kislotali muhitda passiv bo‘ladi. Me'da shirasida 
fermentlardan tashqari xlorid kislota bo‘lib, u pepsin fermentining aktivlanishida muhimdir. 
Me'da shirasining xossalari qo‘yidagi tajribalar yordamida o‘rganiladi. 
Kerakli asbob va reaktivlar: me'da shirasi, NCl kislotaning 0,5 % li eritmasi, NaOH ning 
50, 10 N eritmalari, CuSO
4
ning 1 % li eritmasi, lakmus va kongo qog‘ozlari, indikatorlar 
(fenolftalin va dimetilamidoazobenzol), distillangan suv, fibrin, probirkalar, suv hammomi, suv 
termometri, spirt lampa, muz solingan stakan, 50 ml li kolbalar, bo‘linmagan pepitka, byuretka, 
pinset, qaychi, shishaga yozadigan qalam. 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling