52-tajriba.Me'da shirasi tarkibidagi pepsin va siydik tarkibidagi uropepsin faolligini
miqdoriy aniqlash.
Me'da shirasi tarkibidagi pepsin sut oqsili – kazeinogenni ivitish xossasiga ega (pH =
4,9). 25
0
C da sut-atsetat aralashmasining pepsin ta'sirida ivishi oqsilning singish vaqtiga to‘g‘ri
keladi. Pepsinning faollik birligi qilib 5 ml sut-atsetat aralashmasining 60 daqiqada ivitadagan
miqdori olinadi (ushbu nisbiy birlik 0,010 mg kristall pepsinga to‘g‘ri keladi). Me'da shirasining
1 ml da 40 – 60 pepsin birligi bor. Siydik tarkibidagi uropepsinning faolligi yuqoridagidek
aniqlanadi.
Kerakli asbob va reaktivlar: termostat, suv hammomi, sekundomer, mikroskop,
termometr, probirkalar, shtativlar, atsetat bufer (pH = 4,9) eritmasi (45 g NaOH avval 400-500
ml suvda eritiladi, so‘ng sovitiladi. Uni 1 litrli kolbaga solib, 115 ml muzli sirka qo‘shiladi va
hajmi 1 l ga olib boriladi), vodorod xloridning 2 M eritmasi, pepsinning doimiy standart eritmasi
(100 mg kristall pepsin 100 ml 0,2 % li vodorod xloridda eritiladi), me'da shirasi yoki pepsin
eritmasi, siydik.
Ishning bajarilishi.
1. Probirkaga 0,1 ml me'da shirasi, ustiga 5 ml sut-atsetat aralashmasi solinadi. Ikkala
probirka 25
0
C gacha isitilgan suv hammomiga 5 daqiqaga quyiladi. So‘ng sut-atsetat
aralashmasi tezda me'da shirasi solingan probirkaga olinadi va sekundomerda o‘lchanadi,
probirkadagi eritmalar silkitiladi. Aralashmali probirka egilgan holda suv hammomida ushlanadi
va probirka devorida kazein ivitmasi hosil bo‘lishi kuzatiladi. Iviq hosil bo‘lgan zahoti
sekundomer to‘xtatiladi va iviq hosil bo‘lgan vaqt yozib olinadi.
Hisoblash. 1 ml me'da shirasi tarkibidagi pepsin faolligini hisoblash uchun 60 soni
topilgan vaqt soniga bo‘linadi. Shu o‘l bilan 0,1 ml me'da shirasi tarkibidagi pepsinning miqdori
birligi topiladi. Shu son 10 ga ko‘paytirilganda 1 ml me'da shirasi uchun pepsin faolligi topiladi.
Masalan, sut-atsetat aralashmasida birinchi iviq hosil bo‘lishi 15 daqiqada aniqlandi. Demak,
60:15=4,0 birlik. 1 ml uchun esa 4,0×10 =40,0 yoki bu 40,01 mg = 0,4 mg kristallik pepsin
faolligiga to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |