50-tajriba. Pepsin ta'sirida oqsillarning parchalanishini aniqlash.
Pepsin ichki peptid bog‘larning parchalanish jarayonini tezlashtiradi. Bir gramm pepsin
25 kg tuxum oqsilini 1 soatda parchalaydi. Pepsin Tir – X, Glu – Ley, Val – Ley orasidagi peptid
bog‘ni parchalaydi. Pepsin ta'sirida katta bo‘lakli peptidlar – albumozlar hosil bo‘ladi.
Pepsin ta'sirini, erimaydigan oqsillarni fibrinning erishini kuzatish bilan aniqlash
mumkin. Erigan oqsil biuret reaksiyasini beradi va eritmada peptidlar hosil bo‘lganligini
isbotlaydi.
Kerakli asbob va reaktivlar: probirkalar, shtativlar, byuretkalar, pipetkalar, 37– 40
0
C li
termostat yoki suv hammomi, pishgan tuxum oqsili yoki fibrin bo‘lakchalari, natriy
gidrokarbonat tuzining 10 % li eritmasi, qizil lakmus qog‘ozi, me'da shirasi yoki pepsinning 0,2
% li xlorid kislotadagi 0,1 % li eritmasi.
Ishning bajarilishi:
1. Uchta probirkaga 1 ml dan pepsin eritmasi yoki me'da shirasi solinadi. Birinchi
probirkadagi eritma ikki daqiqa qaynatiladi va sovuq suv ostida sovitiladi. Ikkinchi probirkadagi
eritma 10% li natriy gidrokarbonat eritmasi bilan (3-4 tomchi) neytrallanadi. Uchinchi
probirkadagi eritma o‘zgartirilmaydi.
2. Uchala probirkaga fibrin yoki tuxum oqsilining kichik bo‘lakchasi solinadi va 37 – 40
0
C li termostatga 35-45 daqiqaga joylashtiriladi. Bir ozdan so‘ng probirkalar termostatdan olinib,
eritmalari aralashtiriladi. Probirkaga solingan oqsil bo‘lakchalarining erigan yoki erimaganligi
kuzatiladi. Oqsil bo‘lakchalari erigan probirkda biuret reaksiyasi o‘tkaziladi.
Ishni rasmiylashtirishga oid tavsiyalar: Olingan natijalar quyidagi jadvalda keltiriladi
va tegishli xulosa chiqariladi.
Probir
kalar
Substrat
Ferment
Eritma
muhiti
Kuzatil
gan
o‘zgarish
lar
Biuret
reaksiyasi
Xulosa
Do'stlaringiz bilan baham: |