Statik biokimyо


-tajriba. Sut kislotaga xos reaktsiya


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/91
Sana10.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1258062
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   91
Bog'liq
Kitob 5427 uzsmart.uz

48-tajriba. Sut kislotaga xos reaktsiya.
Agar oshqozon shirasi tarkibida erkin xlorid kislota bo'lmasa, u vaqtda bijg’ish protsessi 
ketib sut, moy va boshqa organik kislotalar hosil bo’ladi. 
 
Kerakli asbob va reaktivlar: 1% li fenol eritmasi, 1% li temir xlorid, filtrlangan 
oshqozon shirasi, probirkalar, 1 ml pipetka.
 
Ishning bajarilishi: 
1% 1 ml fenol eritmasiga 1-2 tomchi 1% temir xlorid qo’shiladi. Natijada temir fenolyat 
hosil bo’lib, suyuqlik binafsha ranga kiradi. Temir fenolyat ustiga tarkibida sut kislota bo’lgan 
oshqozon shirasi tomchilatib qo’shiladi. Natijada probirkadagi binafsha rang temir-laktati hosil 
bo'lishi hisobiga sarg’ish yashil rangga o'tadi. Agar oshqozon shirasida bir vaqtning uzida sut 
kislota bilan birga НCl ham bo'lsa, suyuqlik rangsizlanadi.
 
 


49-tajriba. Oshqozon shirasining umumiy kislotaligini aniqlash. 
Oshqozon shirasidagi barcha kislotali reaktsiya beruvchi moddalarning yig’indisi oshqozon 
shirasining umumiy kislotaliligini tashkil qiladi. U 100 ml oshqozon shirasini fenolftalein 
indikatorligida neytrallash uchun sarflangan 0,1 н ishqor eritmasining ml miqdori bilan 
ifodalanadi.
 
Kerakli asbob va reaktivlar: konussimon kolba, sun’iy oshqozon shirasi, 0,5% li 
fenolftalein eritmasi, byuretka, NaOH ning 0,1 н eritmasi 1% li fenol eritmasi, 1% li temir 
xlorid, filtrlangan oshqozon shirasi, probirkalar, 1 ml pipetka. 
 
Ishning bajarilishi: 
Konussimon kolbaga 10 ml oshqozon shirasi quyib, uning ustiga 0,5% fenolftalein 
eritmasidan 1-2 tomchi tomiziladi va byuretka yordamida uyuvchi natriyning 0,1 н eritmasi bilan 
barqaror och pushti rang paydo bo’lguncha titrlanadi.
 
Hisoblash: Agar 10 ml filtrlangan oshqozon shirasini titrlash uchun 0,1 н natriy ishqor 
eritmasidan 5 ml sarflansa, u vaqtda umumiy kislotalilik 5x10=50 (100 ml shira uchun 
sarflangan 0,1 н uyuvchi natriy eritmasining millilitr miqdori)ga teng bo'ladi. 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling