Statik biokimyо


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/91
Sana10.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1258062
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   91
Bog'liq
Kitob 5427 uzsmart.uz

Ishning bajarilishi.
A. Me'da shirasining reaksiyasini aniqlash. Me'da shirasiga lakmus qog‘ozni botirish 
bilan uning kislotali reaksiyaga ega ekanligiga ishonch hosil qilinadi. Kongo reaksiyasini 
qo‘llash bilan shirali erkin xlorid kislota borligi aniqlanadi.
Shiradagi kislotani aniqlash uchun kolbachaga me'da shirasidan 50 ml quyib, ustiga 
fenolftalein va dimetilamidoazobenzol indikatorlaring spirtdagi 1% li eritmaasidan 1-2 tomchi 
tomiziladi va NaOH ning 50 n eritmasi bilan titrlanadi. Aralashmaning qizil rangdan somon 
rangga o‘tishi me'da shirasida erkin xlorid kislota borligini ifodalaydi. Bunda titrlash uchun 
sarflangan ishqor eritmasining miqdori belgilanadi. So‘ngra titrlash davom ettiriladi, endi somon 
rang qizil rangga o‘tadi. Titrlash uchun sarflangan ishqor miqdori me'da shirasi tarkibidagi
umumiy kislota miqdorini ko‘rsatadi. Bog‘langan HSl miqdori umumiy kislotabilan erkin 
kislotaning farqiga teng bo‘ladi. me'da shirasi tarkibidagi kislota miqdori umumiy kislota 
miqdoriga teng bo‘lib, foiz bilan ifodalanadi. 
B. Me'da shirasining hazm qilish kuchini aniqlash. Oltita probirka olib nomerlanadi vahar 
biriga bir xil kattalikdagi kichik bo‘lak fibrin solinadi. Ikkinchi qismi ishqor bilan neytrallanadi, 
uchinchi qismi esa o‘z holicha qoldiriladi. So‘ngra 2-probirkadagi fibringa qaynatilgan shira 
qo‘yshiladi, 3-probirkadagi fibringa neytrallangan me'da shirasi qo‘shiladi, 4-probirkaga xlorid 
kislotaning 0,5 %-li eritmasidan, 5-probirkaga distillangan suv, 1- va 6-probirkalarga 1 ml dan 
tabiiy me'da shirasi qo‘shiladi. Birinchi beshta probirka 37-40 
0
C li suv hammomiga 
joylashtiriladi, 6-probirka muzli idishga solib qo‘yiladi. 10 minut o‘tgandan keyin suv 
hammomidagi hamma probirkalarni olib, vodoprovod jo‘mragidan tushayotgan suvda sovitiladi. 
Hamma probirkalardagi suyuqlik bilan biuret reaksiyasi o‘tkaziladi. Bunda oqsillar zangori-
binafsha rangga kiradi, peptonlar qizil-binafsha rang hosil qiladi. 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling