Statik biokimyо


-tajriba. Muskul to‘qimasidagi kreatinni aniqlash


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/91
Sana10.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1258062
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   91
Bog'liq
Kitob 5427 uzsmart.uz

55-tajriba. Muskul to‘qimasidagi kreatinni aniqlash. 
Aminokislotalar oqsil biosintezida qatnashishidan tashqari, muhim biologik vazifani 
bajaruvchi moddalar – gormonlar, vitaminlar, kofermentlar va boshqa biologik faol moddalar 
sintez qilishi uchun ham xomashyo bo’lib xizmat qiladi. Shunday moddalardan biri kreatindir. 
Bu modda muskul to’qimasida glitsin, arginin va metionin aminokislotalaridan sintezlanadi. 
Kreatin skelet, muskullarda 400-500 mg bo’ladi. U nisbatan oz bo’lsa-da, organizmning boshqa 
to’qimalarida ham uchraydi. Kreatin muskul to’qimasida erkin va fosforlangan-kreatin fosfor 
ko’rinishida uchraydi. Kreatinfosfat makroerg birikma bo’lib, oson foydalanishi mumkin bo’lgan 
energetik depo hisoblanadi. Kreatinfosfat + ADF ( Kreatin + ATF. Ushbu reaktsiya qaytar 
xarakterga ega bo’lib, kreatinkinaza fermenti yordamida amalga oshiriladi. 
Muskul ekstraktiga xlorid kislota qo’shib qizdirilsa, kreatin kreatininga aylanadi. Hosil 
bo’lgan kreatinin ishqoriy muhitda pikrin kislota bilan qizg'ish sariq kreatinpikrat hosil qiladi. 
Kerakli asbob va reaktivlar: qaychi, Petri kosachasi, voronka, filtr qog’oz, suv 
hammomi, 2 va 10 ml li darajalangan pipetkalar, sulfosalitsil kislotaning 20% li eritmasi, xlorid 
kislotaning 10% li eritmasi, pikrin kislotaning 1% li eritmasi, NaOH ning 20% li eritmasi. 
 


Ishning bajarilishi. 
Kreatinni ekstraktsiya qilish uchun 1,5-2 g yangi so’yilgan hayvon muskuliga 6-8 ml 
distillangan suv qo’shib, yaxshilab maydalanadi. Hosil bo’lgan muskul suspenziyasidan 5 ml 
olib, oqsillarni cho’ktirish uchun teng miqdorda 20% li sulfosalitsil kislota qo’shiladi va 
yaxshilab aralashtirib, 5-10 minut qoldiriladi. Shundan keyin aralashma filtrlanib, olingan 
ekstraktdan 2-3 ml alohida probirkaga quyiladi va uning ustiga teng hajmda 10% li xlorid kislota 
quyib, suv hammomida 2 soat qizdiriladi. So’ngra probikalarga 1-2 ml pikrin kislotaning 
to’yingan eritmasi qo’shiladi. Eritmaning qizg’ish sariq rangga kirish kreatinpikrat hosil 
bo’lganligini bildiradi. 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling