Mikropipetka bilan 0,1 ml qon olib, birinchi va ikkinchi
probirkadagi suyuqlikka
qo‘shiladi (uchinchi probirka - nazorat). Pipetkaning ichida qon qotib qolmasligiga e'tibor
beriladi. Keyin uchala probirka ham qaynab turgan suv hammomida 3 minut saqlanadi. Shunda
rux gidroksid ta'sirida qondagi oqsillar cho‘kadi. Cho‘kmali suyuqlik sovitib, filtrlanadi.
Tekshirish uchun olingan 0,1 ml qondagi glyukoza filtratga o‘tadi.
2)
Filtratdagi glyukozani qizil qon tuzi bilan oksidlash. Buning uchun filtratlar ustiga
qizil qon tuzining 0,005 normal eritmasidan 2 ml dan qo‘shiladi.
Keyin qaynab turgan suv
hammomida 15 minut saqlanadi. Shunda qizil qon tuzining bir qismi glyukozani oksidlab, sariq
qon tuziga aylanadi. Qo‘shilgan 2 ml qizil qon tuzi qondagi barcha glyukozani to‘liq oksidlash
uchun lozim bo‘lgan miqdordan ortiqchasi reaksiyaga kirishmaydi va ortib qoladi.
3)
Sariq qon tuzini cho‘ktirish va qizil qon tuzining ortib qolgan qismiga ekvivalent
Do'stlaringiz bilan baham: