Statik biokimyо


-tajriba. Antron reaktivi bilan fotometrik usulda qondagi


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/91
Sana10.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1258062
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   91
Bog'liq
Kitob 5427 uzsmart.uz

61-tajriba. Antron reaktivi bilan fotometrik usulda qondagi
qand miqdorini aniqlash 
Glyukoza konsentrik sulfat kislotada erigan antron bilan ko‘k rang beradi. Rangning 
intensivligi glyukoza konsentratsiyasiga bog‘liq. 
Kerakli jihozlar va reaktivlar: probirkalar, FEK apparati, voronkacha, maxsus 
elektroforetik filtr qog‘oz, uch xlor atsetatning 2,5 % li eritmasi, natriy ishqorining 0,1 % li 
eritmasi, antron reaktivi (0,3 g antron 100 ml konsentrlangan sulfat kislotada (sol. og‘ir 1,74) 
eritiladi.
Ishning bajarilishi
Probirkaga 0,1 normal natriy ishqori eritmasidan 0,5 ml solinadi. Uning ustiga 
mikropipetka bilan barmoqdan 0,1 ml qon olib qo‘shiladi. So‘ng uch xlor atsetatning 2,5 % li 
eritmasidan 2 ml qo‘shiladi. Natijada qondagi oqsillar cho‘kadi va shundan keyin elektroforetik 
qog‘oz orqali filtrlanadi yoki sentrifugalash ham mumkin. 
Ikkinchi probirkaga filtratdan 1 ml solib, uning ustiga 6 ml antron reaktividan qo‘shib, 
boshqa probirkaga quyii yo‘li bilan aralashtiriladi. Shundan keyin uni qaynab turgan suv 
hammomiga 10 minut qo‘yiladi. Aytilgan vaqt o‘tgandan keyin uni suv hammomidan olib 
sovitiladi. Shunda suyuqlik qandning konsentratsiyasiga muvofiq holda och yashil, ko‘k yashil 
yoki ko‘k rangga bo‘yaladi.
Tajriba bilan bir vaqtda boshqa probirkada nazorat ham tayyorlanadi. Buning uchun 0,2 
ml natriy ishqorining 0,1 normal eritmasi ustiga uch xlor atsetatning 2,5 % li eritmasidan 0,8 ml 
va 8 ml antron reaktivi solib, bu ham boshqa probirkaga quyish yo‘li bilan aralashtiriladi. Keyin 
10 minut suv hammomiga qo‘yiladi va uni olib sovitiladi. Shunda suyuqlik sariq rangli bo‘ladi. 
Suyuqlikning rangi turg‘un bo‘lib, 5-6 soat davomida o‘zgarmaydi. 
Shundan so‘ng tekshiriladigan suyuqlikni 1 sm sig‘imli kyuvetalardan biriga solib, uni 
FEK ka joylashtiriladi. Xuddi shuningdek nazorat probirkasidagi suyuqlik ham FEK ka 
qo‘yiladi. Keyin ularni qizil rangli filtr bilan fotometrlanadi.
Kalibrlangan jadval toza quritilgan (suvsiz) glyukoza eritmasi yordamida tayyorlanadi. 
Quyida kalibrlash egri chizig‘ini misol tariqasida keltiramiz. 


1-rasm. Kalibrlangan egri chiziq. 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling