Statik biokimyо
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5427 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar.
Ishning bajarilishi
Ikki yoki to‘rtta sinaluvchilardan tinch turgan holatida nomsiz barmog‘idan 1ml 0,1 N NaOH solingan probirkaga 0,1 ml miqdorida qon namunasi olinadi. Probirkaga sinaluvchining ismi sharifi va 1 raqami yozib qo‘yiladi(tinch holatda). Shundan so‘ng, sinaluvchilarning bir qismi 30 soniya davomida maksimal sur’atda yugurishsa, qolgan qismi esa 5 yoki 10 daqiqa o‘rtacha sur’atda yugurishadi. Yugurish tugagandan so‘ng yuqorida yozilganidek, yana qon namunalari olinadi. Qon tarkibidagi qandning miqdorini aniqlash 60, 61- laboratoriyalarda keltirilgan. Tahlil natijalari va barcha hisob-kitoblar qayd qilinadi. Olingan ma'lumotlar solishtirilib, ularni yozma ravishda tahlil qilinadi. Agar tajribalar guruh mashg‘ulotlarida olib borilmasdan, talabalar ilmiy to‘garaklarida olib borilsa, u holda joyida turib yugurib bajariladigan haqiqiy sport yuklamalarini stadionlarda bajarishga o‘zgartirsa bo‘ladi (masalan, 100 m, 500 m va 20-25 daqiqali kross). Nazorat uchun savollar. 1. Jismoniy yuklama davrida muskullarda qanday biokimyoviy jarayonlar yuz beradi? 2. Jismoniy yuklamalar bajarishda organizmning kislorodga bo’lgan talabi qanday bo’ladi? 3. Muskullar uzoq muddatli ish bajarish paytida yog’lar va uglevodlarning vazifasini izohlang? 4. So‘lak reaksiyasi faolligiga turli jismoniy yuklamalar qanday ta’sir qiladi? 5. Qon tarkibidagi glyukoza miqdoriga turli jismoniy yuklamalarning ta'sirini tushintiring? JISMONIY YUKLAMA BAJARGANDAN SO‘NG DAM OLISH DAVRIDA ORGANIZMDA SODIR BO‘LADIGAN BIOKIMYOVIY JARAYONLAR. Nazariy tushuncha: Jismoniy yuklamalardan so‘ng dam olish vaqtida, biokimyoviy o‘za'ro munosabatlar bajarilgunigacha muskul ishi vaqtida sarf qilingan potensial energiyaning tiklanishi sodir bo‘ladi. Asta-sekinlik bilan nafas va qon-tomir sistemasi funksiyasi faolligi ham normallashadi. Dam olish vaqtida muskul qisqarishi uchun ATF uncha ko‘p sarf bo’lmaydi, kislorodga bo‘lgan talabning ortishi va yuqori jadallikdagi oksidlanishli jarayonlar bir qancha vaqt saqlanib turadi. Bunda sezilarli miqdorda hosil bo‘lgan ATF endi turli xildagi biosintezlarni energiya bilan ta'minlaydi. Moddalar almashinuvining katobolitik fazasi muskul faoliyati uchun xarakterli bo‘lib, anobolitik faza bilan almashinadi. Bunda jadal boruvchi biosintezlar (kreatinfosfat, glikogen, stukturali va fermentativ oqsillar qatori fosfolipidlar resintezi) ishlash darajasini tiklashni ta'minlabgina qolmasdan, ularning hosil bo‘lishini ham ta'minlaydi. Ish vaqtida sarf bo‘lgan moddalar tarkibida superkompensatsiya yuzaga chiqadi. Ayniqsa, bu moddalar tarkibining sezilarli superkompensatsiyasi muskul faoliyati vaqtida juda yuqori jadallikda sarf bo‘ladi. Muskullarda turli miqdordagi fermentlarning va muskul faoliyati hamda faolligining oshishidagi energiya manbai miqdorining ko‘rinishi, mashg‘ulotlar davomida sportchi organizmning uzoqroq muskul faoliyati jadalligiga o‘rganishi, ya'ni mashg‘ulotlar holati asosida yotadi. Dam olish davrida ish bajarilishi vaqtida vujudga kelgan kislorod qarzining-dastlab alaktatli (sutsiz) (yoki “tez”) tugallanishi kreatinfosfat resintezida, shundan so‘ng glikogen sintezi va sut kislotasi oksidlanishining ortiqcha nuqsonlari bilan bog‘liq bo‘lgan laktatli (sutli) (yoki “sekin”) tugatilishi ro‘y beradi. Biroq dam olish davrida kislorod sarfining oshishi laktatsidli kislorod qarzining tugashidan keyin bir qancha vaqt saqlanadi va u dam olish davrida jadal boruvchi biosintetik jarayonlar (fermentlar sintezi, strukturali oqsillar, glikogen va fosfolipidlar sintezi) bilan bog‘liqdir. Bu biosintezlarning energiya manbai bo‘lib, asosiy navbatda lipidlar va ularning parchalanish mahsulotlari – yog‘ kislotalari va keton tanalar hisoblanadi. Dam olish davrida ular zarur biosintezlar uchun ATF ning aylanishini ta'minlash maqsadida muntazam oksidlanadi. Qondagi yog‘ kislotalari va keton tanalarning normallashgan miqdori, sut kislotalar miqdoriga nisbatan sezilarli darajada keyingi o‘rinni egallaydi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling