Kerakli asbob va reaktivlar: probirkalar, kolbachalar, silindr,
pipetkalar, byuretka,
o‘lchov kolbasi (100 ml li), siydik,
konsentrlangan HNO
3
kislota, 20% li sulfosalitsilat kislota,
distillangan suv, gaz gorelkasi.
Ishning bajarilishi.
A. Konsentrlangan nitrat kislota bilan sinash. Probirkaga ohistalik bilan
konsentrlangan HNO
3
kislotadan 2-3 quyib, pipetka yordamida
shuncha hajmdagi siydik
probirka devoridan sizdirib quyiladi. Natijada siydikda oqsil-suyuqlik chegarasida oqimtir
loyiqali halqa hosil bo‘ladi.
B. Sulfosalitsilat kislota bilan sinash. Probirkaga 5 ml siydik solib, uning ustiga 20% li
sulfosalitsilat kislota eritmasidan 10 tomchi quyiladi. Natijada siydikdagi oqsil cho‘kmaga
cho‘kadi yoki loyqalanadi. Bu reaksiya yuqoridagi reaksiyadan ikki marotaba sezgirdir.
Reaksiya natijalari qayd etib boriladi.
V. Stolnikov bo‘yicha oqsil miqdorini aniqlash. Beshta nomerlangan probirkaga 2 ml
dan suv solinadi. So‘ngra 1-probirkaga 2 ml filtrlangan siydik solinadi.
Probirka ichidagi
suyuqliklar aralashtiriladi va undan 2 ml suyuqlik keyingi probirkaga solinadi va boshqalari ham.
5-probirkadan (4-probirkadan aralashtirilgan 2 ml suyuqlikni 5-probirkaga solingandan keyin) 2
ml to‘kib tashlanadi. Shu tarzda siydik 2, 4, 8, 16 va 32 marotaba suyuladi.
Har bir probirkada (shuningdek suyulmagan siydikda ham) nitrat kislota bilan reaksiya
amalga oshiriladi. Kuzatilayotgan ijobiy reaksiyada halqa hosil bo‘lishi ko‘proq qayd etiladi.
Ma'lumki, halqa hosil qiluvchi oqsilning minimum miqdori 0,0033 % ga teng. Shu bois
tahlil natijalarini ifodalashda foizlarda topilgan suyultirilgan oqsil kattaligini 0,0033 % ga
ko‘paytiriladi.
Tahlil natijalari qayd etib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: