Statik va dinamik modellar.
Reja:
1. Kiyovit texnologik jarayonlarni fizik-kimyoviy modellar yordamida matematik ifodalsh
2.Dinamik model.
3. Statik model.
Texnologik jarayonlarni компьютерли modellashtirish sohasidagi zamonaviy yutuqlari ishlab chiqarishni loyihalashtirish va boshqarish masalalarini qatiy va yuqori aniqlikda yechish imkonini beradi.
Bunda texnologiyalarni tahlil qilish, optimallashtirish va yangi hamda rekonstruksiyalarni sintez qilish masalalarini samarali yechishda tizimli tahlil (siстемniy analiz) uslubidan keng фойдаланилади. Bu holda ishlab chiqarishdagi texnologik reglamentlar asosini tashkil etuvchi jarayonlarning konstruktiv va optimal rejim parametrlarini hisoblash, natijada ularni aniqroq boshqarish hamda energiya tejamkorlik talablarining yuqori darajasini taminlash imkoniyatlarini beradi.
Axborot texnologiyalarining keng tarqalishi va rivojlanishi local va global hisoblash tarmoqlari, internet texnologiyalarining qo’llanishi avtomatlashtirilgan sistemalarni mukammal zamonaviylashishi va rivojlanishida imkoniyat beradi.
Bularga quyidgilar kiradi:
Texnologik jarayonlarning tizimli tahlili.
Kimyoviy modelni masalasini yechish uchun tizimli tahlildan foydalanimiz bunda texnologik jarayon(kimyoviy texnologik jarayon) mos holda, quyidagi asosiy o’zgaruvchilarni xarakterlovchi biron bir funksianal tizim deb qaraladi.
- jarayon holatiga tasir etuvchi kirish o’zgaruvchialari vektori.
- jarayon holatini xarakterlovchi va kirish o’zgaruvchilariga bog’liq chiqish o’zgaruvchilari vektori.
Ixtiyoriy sistema bir-biri bilan o’zaro bog’liq va o’zaro hamda tashqi muhit bilan tasirlashuvchi alohida qismlardan iborat deb qaraladi va umumiy bitta maqsad asosida birlashadi.
Obyekt fizik-kimyoviy jarayonlar sodir bo’ladigan qurilma yoki qurilma seksiyasidan tashkil etadi va fizik-kimyoviy sistema deyiladi.
Bir-biri bilan o’zaro bog’liq qurilmalar (obyektlar) majmuasi deyiladi. Xususiy holda ma’lum yaxlit maxsulot ishlab chiqarish uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: |