Statistik kuzatish uslubiyati statistik kuzatish haqida tushuncha
Download 30.32 Kb.
|
STATISTIK KUZATISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol-javob
- 5. Statistik kuzatish xatolari va ularni aniqlash usullari
- reprezentativ xato
Bevosita kuzatish usuli kuzatilayotgan hodisalarni shaxsan ko‘rish, sanash, tortish va o‘lchash orqali olingan ma’lumotlarni kuzatish varag‘ida qayd qilishdir.
Hujjat bo‘yicha kuzatish usulida o‘rganiladigan to‘plam bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni tegishli hujjatlardan olish tushuniladi. Savol-javob usulida o‘rganilayotgan to‘plam bo‘yicha shaxs-larga savollar berilib, olingan javoblar asosida kuzatish varaqalari to‘ldiriladi. Savol-javob usuli og‘zaki va yozma usullar tariqasida amalga oshiriladi. Og‘zaki savol-javob usulida olingan ma’lumotlarni maxsus kuzatuvchi xodimlar o‘zlari qayd qiladi. Og‘zaki savol-javob usulida so‘ralayotgan shaxs javoblar varaqasini o‘zi to‘ldiradi. Bu o‘zini-o‘zi qayd qilish usuli deb ham ataladi. 5. Statistik kuzatish xatolari va ularni aniqlash usullari Statistik kuzatish xatolari ikkiga bo‘linadi: 1. Hodisalarni qayd qilishda sodir bo‘ladigan xatolar. 2. Reprezentativ xatolar. Hodisalarni qayd qilishda sodir bo‘ladigan xatolarni ham ikki turga ajratish mumkin: 1. Tasodifiy xatolar. 2. Muntazam xatolar. Tasodifiy xatolar kuzatuvchining charchashi, toliqishi, hovli-qishi natijasida paydo bo‘ladi. Muntazam xatolar, o‘z navbatida, ikkiga bo‘linadi: 1. Bila turib yo‘l qo‘yilgan muntazam xatolar; 2. Bilmay turib yo‘l qo‘yilgan muntazam xatolar. Bila turib yo‘l qo‘yilgan muntazam xatolar deganda kuzatuvchi qayd qilinayotgan ijtimoiy hodisalarning mazmunini va mohiyatini chuqur tushunib, ma’lum maqsadni ko‘zlagan holda, ataylab xatoni sodir etishi tushuniladi. Masalan, hisobot ma’lumotlariga qo‘shib yozish, ushbu xatoga misol bo‘la oladi. Bu xato mansabni suiiste’mol qilish yoki yuridik hujjat bo‘lgan hisobotga rasmiyatchilik bilan qarash oqibatida kelib chiqadi. Bilmay turib qilingan muntazam xato hodisalar to‘g‘risida ma’lumotlarni (raqamlarni) yaxlitlash natijasida kelib chiqadi. Aholini ro‘yxatga olish vaqtida yoshni butunlashtirib, yaxlitlab olinishini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Masalan, 78, 79 yoshdagilarni yoki 81, 82 yoshdagilarni 80 yosh deb yozish natijasida ushbu xato sodir bo‘ladi. Bosh to‘plam bilan tanlama to‘plam natijalari orasidagi farq reprezentativ xato deyiladi. Bu xato bevosita tanlama kuzatishga xosdir, shuning uchun ham, uning mazmuni va mohiyati tanlama kuzatish mavzusida batafsil yoritiladi. Statistik kuzatish xatolarini tekshirish ikki xil usul orqali amalga oshiriladi: 1. Arifmetik tekshirish usuli; 2. Mantiqiy tekshirish usuli. Download 30.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling