Statistik kuzatish uslubiyati statistik kuzatish haqida tushuncha


Download 30.32 Kb.
bet6/7
Sana23.01.2023
Hajmi30.32 Kb.
#1111921
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
STATISTIK KUZATISH

Arifmetik tekshirish deganda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ma’lumot­larni raqamlar yordamida qayta hisoblash, taqqoslash orqali tek­shi­­rish usuli tushuniladi. Boshqacha aytganda, jadvallarda va hi­sob­­larda keltirilgan raqamlarni qayta hisoblab ko‘rish, dastlabki va buxgalteriya hisobi, hisoboti ma’lumotlariga solishtirib ko‘rish or­qali hodisalarni tekshirishga arifmetik tekshirish deyiladi. Masalan, shir­­­­­kat xo‘jaligi bo‘yicha asosiy ishlab chiqarish fondlarining yil bo­­­shidagi qoldiq qiymati bilan yil davrida xo‘jalikka kelib tushgan fond­lar qiymatining jami ularning yil oxiridagi qoldiq qiymati bi­lan xo‘jalikdan chiqib ketgan fondlar qiymatining jamiga teng ke­lishi kerak. Agar balans bermasa, demak, ma’lumotlarning qaysidir bir­i­da muayyan xatoga yo‘l qo‘yilgani ma’lum bo‘ladi. Ana shunga o‘x­­shash usul­lar bilan arifmetik tekshirish amalga oshiriladi.
Mantiqiy tekshirish deganda u yoki bu ma’lumotlarni o‘zaro bog‘lanishini mazmunan tekshirib ko‘rish usuli tushuniladi. Bun­da rekvizitlarga, hisobotlarda talab qilinadigan ko‘rsatkichlarga be­rilgan javob ko‘zdan kechiriladi, ularda qarama-qarshiliklar bor-yo‘q­ligi aniqlanadi. Masalan, xo‘jalikning yillik hisobotida qo‘y­­lar soni ko‘rsatilgan bo‘lib, ularga sarf bo‘lgan ozuqa miqdori ko‘rsa­tilmagan bo‘lsa, yoki olingan kartoshka miqdori ko‘rsatilgan bo‘l­sa, ammo unga sarf bo‘lgan kartoshka urug‘i ko‘rsatilmagan bo‘l­sa, qayerdadir xatolikka yo‘l qo‘yilgan bo‘ladi. Yoki boshqa misol. Agar aholi ro‘yxati varaqasida besh yoshli bola oliy ma’lumotli deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda hisobning qayeridadir xatoga yo‘l qo‘yilganligi ma’lum bo‘ladi. Bu ikki ko‘rsatkich bir-biriga zid, qa­rama-qarshi bo‘lganligi uchun xatoga yo‘l qo‘yilganligini ko‘r­sa­tadi.

Tayanch iboralar


  • statistik kuzatishlar

  • kuzatish maqsadi

  • kuzatish dasturi

  • kuzatish obyekti

  • kuzatish birligi

  • hisob birligi

  • statistik formulyar

  • instruksiya

  • kuzatish organi

  • kuzatish vaqti

  • kuzatish muddati

  • kuzatish joyi

  • kritik fursat

  • kuzatish shakllari

  • tashqi nazorat

  • mantiqiy tekshirish

  • tasodifiy xatolar

  • muntazam xatolar

  • reprezentiv xato

  • statistik hisobot

  • joriy hisobot

  • yillik hisobot

  • boshlang‘ich hisobot

  • yig‘ma hisobot

  • namunaviy hisobot

  • ixtisoslashgan hisobot

  • uzlikli kuzatish

  • fursatli kuzatish

  • bir yillik kuzatish

  • yoppasiga kuzatish

  • qisman kuzatish

  • bevosita kuzatish

  • hujjatli kuzatish

  • taglama kuzatish

  • asosiy massivni kuzatish

  • anketa orqali kuzatish

  • monografik tasvirlash

  • savol-javob usulida

kuzatish




Download 30.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling