Statistik kuzatish uslubiyati statistik kuzatish haqida tushuncha
Statistik kuzatish shakllari, turlari va usullari
Download 30.32 Kb.
|
STATISTIK KUZATISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Statistik hisobot
- Davriy kuzatish
4. Statistik kuzatish shakllari, turlari va usullari
Ijtimoiy hodisalarni kuzatish statistikada quyidagi ikki shakl-da tashkil qilinadi: – statistik hisobot. – maxsus statistik kuzatish tekshiruvi. Statistik hisobot deganda “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi va “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qo-nunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi hamda Moliya vazirliklari tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan yuridik hujjat tushuniladi. Ushbu yuridik hujjat barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan belgilangan muddatda statistika organlariga hamda o‘zi bo‘ysunadigan yuqori idora va vazirliklarga taqdm qilinadi. O‘z navbatida, u ham statistik va buxgalteriya hisobotlariga bo‘linadi. Statistik hisobot statistik kuzatishning asosiy shakli hisoblanadi. U barcha korxona, tashkilot, muassasa va idoralar faoliyatining natijalari haqida dastlabki haqiqiy ma’lumotlarni beruvchi yuridik hujjatdir. Uning ma’lumotlari asosida statistik kuzatish tashkil qilinadi. Maxsus uyushtirilgan statistik kuzatish statistik kuzatishning ikkinchi shakli hisoblanadi. Ushbu kuzatish ma’lumotlarni ro‘y-xatga olish, bir yo‘lakay hisoblash va har xil tekshirishlar o‘tka-zish yo‘li bilan to‘planadi. Statistik hisobot qanchalik takomillashgan bo‘lsa ham, ya’ni qanchalik ilmiy asosda tashkil qilingan bo‘lsa ham ijtimoiy hayotda sodir bo‘ladigan barcha hodisalarni to‘liq qamrab ola ol-maydi. Hayotda shunday ijtimoiy hodisalar sodir bo‘ladiki, ular-ni hisobotda aks ettirishning iloji bo‘lmaydi, lekin ular ijtimoiy hayotning u yoki bu sohasi taraqqiyotini, o‘zgarishini tavsiflaydi, ta’riflashda, baho berishda juda-juda zarur bo‘ladi. Shu nuqtayi nazardan statistika maxsus uyushtirilgan kuzatish-tekshiruvini tashkil qiladi, zaruriy ma’lumotlarni to‘playdi. Masalan, savdodagi narx-navo, oila budjeti, aholi soni ro‘yxatlari, bozordagi narxni qayd qilish kabi jarayonlar va hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni maxsus tashkil etilgan statistik kuzatish usuli orqali olish mumkin. Statistik kuzatish ikki guruhga bo‘linadi: 1. Hodisalarni qayd qilish vaqti bo‘yicha. 2. O‘rganilayotgan to‘plam birliklarini qamrab olish darajasi bo‘yicha. Hodisalarni qayd qilish vaqti bo‘yicha statistik kuzatish, o‘z navbatida, quyidagi 3 ta turga bo‘linadi: 1. Joriy kuzatish. 2. Davriy kuzatish. 3. Bir yo‘la kuzatish. Joriy kuzatish deganda u yoki bu hodisalarni sodir bo‘lishi bilan uzluksiz yozib borish (qayd qilish)ga tushuniladi. Bu kuzatishni uzluksiz kuzatish deb atash mumkin. Masalan, qishloq xo‘jalik mashinalarining kirimi va chiqimi, paxta, g‘alla va boshqa mahsulotlarning kirimi, chiqimi va hokazo hodisalarning paydo bo‘lishi bilan boshlang‘ich hujjatlarda hisobga olish shular jumlasiga kiradi. Davriy kuzatish deganda hodisalar sodir bo‘lgandan so‘ng ma’lum vaqt ichida ularning qayd qilinishi tushuniladi. Bunday kuzatishlar odatda teng vaqt oralig‘ida takrorlanib turadi, ijtimo-iy hodisalarni 5 kunda, oyda, chorakda, yilda va hokazo. Masa-lan, har yilning boshida qoramollarning hisobini olish ushbu ku-zatish turiga misol bo‘la oladi. Download 30.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling