Statistika hisoboti


-BOB. XODIMLAR SONI VA TARKIBI


Download 411.5 Kb.
bet14/23
Sana25.01.2023
Hajmi411.5 Kb.
#1119267
TuriОтчет
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
2022 год-1-mehnat-shakli

2-BOB. XODIMLAR SONI VA TARKIBI

17. Hisobot yili oxiriga mazkur korxona, tashkilotda mehnat daftarchalari mavjud bo‘lgan xodimlar soni ma’lumot darajasi va yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanadi.


Mazkur bo‘lim ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq to‘ldiriladi.
210-221-satrlarda xodimlar to‘lgan yoshiga qarab guruhlarga ajratiladi.
18. Xodimlarni toifalar bo‘yicha ajratishda O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2021-yil 6-maydagi 05-1288-sonli qarori xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori, Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 9-dekabrda 1288-son bilan ro‘yxatga olingan davlat va xo‘jalik boshqaruvidagi tashkilotlarda boshqaruv, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlarning soni nisbati me’yorlarini aniqlash metodikasi va boshqa qonunchilik hujjatlaridan foydalanish zarur.
19. 201 satrning 8, 9-ustunlarida pensiya yoshiga yetganligi munosabati bilan, shu jumladan imtiyozli shartlarda muntazam ravishda to‘lanadigan pulli nafaqa (pensiya) oladigan xodimlar soni ko‘rsatiladi.
10-11-ustunlarda TMEK xulosasiga ko‘ra aniqlangan nogironligi bo‘lgan shaxslar soni ko‘rsatiladi.
3-BOB. XODIMLARNI KASB-HUNARGA O‘QITISH

20. Ushbu bo‘limda hisobot yilida yangi kasb bo‘yicha o‘qitilgan va malaka oshirgan mehnat daftarchalari mavjud bo‘lgan xodimlar ko‘rsatiladi.


21. 308-satrda xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ketgan xarajatlar ko‘rsatiladi (o‘qish davomida saqlanib qolgan ish haqi va tashkilot mablag‘lari hisobidan to‘langan stipendiyalarni qo‘shmagan holda), shundan, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirishga sarflangan mablag‘lar 309-satrda ko‘rsatiladi.


4-BOB. ISHCHI KUCHINI SAQLASH XARAJATLARI QIYMATI

22. 400-satrda ish haqini hisoblashda hisobga olinmaydigan ish xaqi, to‘lovlar va xarajatlar ko‘rinishida jismoniy shaxslar uchun hisoblangan daromadlardan tashkil topgan mehnat xarajatlarining umumiy miqdori ko‘rsatiladi.


23. 401-405-satrlar ma’lumotlari Soliq kodeksining 371-374-moddalariga muvofiq hisoblab ko‘rsatiladi.
24. 406-satrda ish xaqini hisoblashda hisobga olinmaydigan to‘lovlar va xarajatlar kiritiladi.

Download 411.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling