Figuralar
Nutqda tovushlarni qoʻllash bilan bogliq bir necha usullar mavjud assonans- unli tovushlarning takrori, alliteratsiya- undosh tovushlarning takrorlanishi, anafora gapning boshida bir xil tovush yoki ohangdosh soʻzlarning takrorlanishi epifora satr(jumla) larning oxirida bir xil tovush yoki ohangdosh soʻzlarning kelishi.
Tashvix
misralarining boshida yo oʻrtasida bir necha harf yoki so’z keltirishni nazarda tutuvchi sanʼat nomi boʻlib yoki so'zlarni qo'shib oʻqilganda kishi nomi biron soʻz bir yoki bir necha misra sher hosil boʻladi. Shunday she’riy asar esa muvashshar deb ataladi. Bu anʼanaviy sanʼat Aʼzam Oʻktamning “Harakat” sheʼrida uchraydi.
Qarshilik. Qamoq. Qiynoq. Qasos. Qilich.
Qalqon. Qucholadi qon qaynoq.
Qattol .Qattiq. Qatalon.
Ular . O’kirar , O’ylar , O’pirilar . O’rtanar
O’nglanar. O’qir . O’ynar .O’sar .O’tar
O’rganar.
Quvonch. Qahat. Qotadi. Qora qismat . Qayg’u
Qon . Qadim qudrat qaytadi.
Qaytadi qachon , qachon ,qachon?
Olish. Otish . Obodlik. Og’ir ojiz olamga
Omonlik-u ozodlik. Omonatdir odamga.
Notiqlar , Nomard , nokas. Nechun nolish
Nasihat ? Nasihat- norozi nafas
Nafrat- nasiba ne’mat.
Mubolag’a va litota
Mubolagʻa yunoncha giperbola soʻzidan olingan boʻlib , boʻrttirish, orttirib koʻrsatish degan maʼnoni bildiradi litota esa buning aksi boʻlib haddan tashqari kichraytirish maʼnosini bildiradi . Litota termini mumtoz adabiyotda tafrit sanʼati deb yuritiladi . “Alpomish” dostonida shunday mubolagʻa bor.
-Shomurti (mo’ylovi) yoqalab har yonga ketgan ichiga sichqonlar bolalab ketgan, izidan tushgan pishak ularga olti oyga yetgan.
Litotaga misol:
Ul sanamkim , suv yaqosinda paridek o’lturur.
G’oyat noziklugudan suv bila yutsa bo’lur.
(Atoiy)
Perifraz grekcha soʻz boʻlib aylana, atrof, boshqacha gapiraman degan maʼnolarni bildiradi narsa va hodisaning nomlarini ularning muhim belgi yoki xususiyatini tasvirlab koʻrsatuvchi vosita yordamida bayon qilish perifraz deyiladi. Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: |