Stilistik figuralar


Do’stlar , yaxshilarni avaylab saqlang ! Salom


Download 123.67 Kb.
bet2/12
Sana18.06.2023
Hajmi123.67 Kb.
#1562408
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
STILISTIK FIGURALAR1

Do’stlar , yaxshilarni avaylab saqlang !
Salom degan so’zning salmog’in saqlang !
O’lganda toz soat ishlab turgandan –
Uni tirigida bir soat yo’qlang!
(Maqsud Shayxzoda)

Antiteza(tazod)
Grekcha so’z bo’lib , qarama-qarshi qo’yish ma’nosini bildiradi . Antitezadan ifodalilikni kuchaytirish uchun , qarama-qarshi tushunchalarni , fikr , obraz , narsalarni , shaxslarning harakterlarini qiyoslash yoki bir xil narsa – hodisalarning daraja jihatidan qarama-qarshi holatini tasvirlash uchun foydalaniladi. Ikki qarama-qarshi holat , belgi yoki xususiyat esa biri ikkinchisini inkor etadi . Masalan ,
Sen kech turding , lanjsan , senga
Olam zimiston ,
Men tong bilan turdim , menga
Borliq nurafshon .
(Erkin Vohidov)
Anafora
Yuqoriga ko’tarilish degan ma’noni bildiradi . Bunga har bir misra , abzas va gap boshida bir xil , takrorlanuvchi konstruktsiyalar ishlatiladi . Bular so’z , so’z birikmasi , gap shaklida bo’lishi mumkin . Masalan ,
Birga tug’ilmoq bor , birga turmoq yo’q.
U alla aytmasa , tonglar otmaydi ,
U alla aytmasa , quyosh botmaydi ,
U alla aytmasa , dillarning g’ashin
Kulgilar yuvmaydi va yo’qotmaydi .
(Saida Zunnunova)
Assonans
Assonans ham takrorning hosil bo’lishida katta ahamiaytga ega . U talaffuzi yaqin unlilarning takrorlanishi natijasida yuzaga keladi . Assonans nafis , larzakor tuyg’ularning satrlariga “singishi”ga yordam beradi . Bu she’rga ohangdoshlik baxsh etadi . A’zam O’ktam she’rlarida assonansga ham misollar toppish mumkin :
O’ylar kelaver bosib paydar-pay ,
O’zimdan o’tganin bilaman o’zim .
(A’zam O’ktam “Nazorat”she’ridan )

Allegoriya
(grekcha allos – o’zga va agocheio- gapiraman ) biror mavhum tushuncha yoki fikrni konkret narsa yoki hodisa orqali ifodalash . Nutqda allegoriyalardan foydalanishning bir qator yutuqli tomonlari bor . Avvalo , allegoriya notiqqa tinglovchi bilan ochiq ziddiyatga bormaslikka yordam beradi . O’zbek xalqida “Qizim senga aytaman , kelinim sen eshit ” degan ibora bor . Bejiz aytilmagan , zero kishiga aybini ochiq aytish uning hamiyatiga tegishi , natijada to’g’ri gapni ham qabul qilmasligi mumkin . Ikkinchidan , aksariyat allegoric obrazlarning kelib chiqishi xalqning madaniy an’analari , urf-odatlari , mentaliteti bilan bog’liq .


Download 123.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling