Stilistik figuralar
Download 123.67 Kb.
|
STILISTIK FIGURALAR1
Epitet(sifatlash) – grekcha so’z bo’lib , izohlovchi degan ma’noni anglatadi . Epitet poetik izohlovchi bo’lib , u doimiy sifatlovchidan ekspressivlik hosil qilishi , ko’chma ma’noda ishlatilishi bilan farq qiladi .
Muallif tasvirlayotgan narsa yoki voqeaning o’zi zarur hisoblangan tomonini ma’lum nuqtayi nazardan turib baholash uchun eptitetdan foydalaniladi. Masalan , Aziz asrimizning aziz onlari Aziz odamlardan so’raydi qadrin Fursat g’animatdir shoh satrlar-la Bezamoq chog’idir umr daftarin. (G’afur G’ulom) Ayrim epitetlar biron narsa bilan chambarchas bog’langan bo’ladi . Masalan , qor deyilsa oppoq so’zini , osmon deyilsa ko’m-ko’k so’zini , odam deyilsa yaxshi yoki yomon so’zlarini beixtiyor qo’shib aytamiz. Bunday so’zlar narsaning doimiy belgisidir . Shuning uchun ham ular doimiy epitetlar deyiladi. Epifora – yunoncha so’z bo’lib epi- keyin , foros – ma’no demakdir. So’zlar oxirida unli yoki undosh tovushlarning , misralar , gaplar , abzastlar oxiridaa bor xil konstruksiyaning takrorlanishiga epifora deyiladi . Anafora og’zaki va yozma nutqda epifora esa , asosan , yozma nutqda qo’llaniladi. Bunda bor harorat , muhabbat, shafqat, va mehnat nonini ko’ramiz baham . (G’afur G’ulom) Vaqt hamma narsadan kuchli deydilar , quyosh , tovush va nur harakatini taajjublanarli , tez , deydilar , atom va vodarod quvvatini tengsiz va beqiyos quvvat deydilar . (Vohid Zohidov) Rad ul matla san’ati arabchada matlaning takrorlanishi , qaytarilishi deb atalsada , aslida matlaning bir misrasi yarim takrorlanadi . Shuningdek , “raddi matla” , g’azalning birinchi misrasini asar oxirida takrorlanishi ham nazarda tutadi . Ushbu san’at nomi ba’zi tadqiqotlardda raddul matla tarzida yozilgan . Iqbol Mirzoning “O’pkalanib” she’riga e’tiborni qarataylik . O’pkalanib qaraysiz , o’pkalanib… Ko’zimning gavhari , maxzanim, Quchmaganim, suymaganim, o’pmaganim, Sochlarini boshginamdan to’kmaganim, O’pkalanib qaraysiz, o’pkalanib… Download 123.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling