Stilistik figuralar
Download 123.67 Kb.
|
STILISTIK FIGURALAR1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metonimiya
Metafora
Grekcha so’z bo’lib , ko’chim degan ma’noni bildiradi . Nutqqa obrazlilik , ekspressiv bo’yoq berish niyatida narsa va hodisalar o’rtasida o’xshashlikka asoslanib , so’z yoki iboralarni ko’chma ma’noda ishlatish metaforadir . Masalan , Bolalar mamlakati – bolalik , Anor yuz – qizil yuz , Quyoshli qalam – ijod kabilar . Xalq dengizdir , xalq to’lqindir , Xalq kuchdir . Xalq isyondir , xalq olovdir , Xalq o’chdir … (Cho’lpon) Metafora tuzilishiga ko’ra ikki xil : sodda va kenngaygan bo’ladi . Sodda metafora birgina so’z , kengaygan metafora esa ikki yoki undan ortiq so’zlar bilan ifodalanadi . Masalan , A’lo (5 baho) , saltanat ( podshohlik) , ko’k( osmon) , xo’roz (mard odam ), kabilar sodda metafora bo’lsa , bahor elchisi ( boychechak) , ilhom manbayi (hayot),Nizomiyning Vatani (Ozarbayjon) kabilar esa kengaygan metaforalardir . Lingvistik metafora bilan badiiy metafora bir-biridan farqlanadi . Agar metafora biror shaxsning , narsaning doimiy nomiga ayalanib qolsa , u tilshunoslikning muammosiga aylanadi , muayyan bir ma’noda ishlatilib , matndan tashqari holatda shu shaxsga , narsaga nisbatan qo’llanilmasa badiiy metaforaga misol bo’ladi . Masalan , go’zal – sifat , go’zal – ot , ko’k – rang , ko’k – osmon , tosh va ko’mir – tabiat jinslari , toshko’mir – yoqilg’i kabi so’zlarning xususiyatlari tilshunoslikda o’rganilladi . Quyidagi she’riy parchaga badiiy metafora ishlatilgan : Na ko’kning fonari o’chmasdan , Na yulduz sayr etib ko’chmasdan , Na ufq o’ramay yoqut-zar, Na bulut silkitmay oltin-par, Tong kulmasdan burun jontemir Quyuq bir zavq bilan turadi… Po’lat otlarini o’ynatib , Ekin maydoniga yuradi . ( Uyg’un) Bu insonlarda badiiy metaforalar : fonar( oy ), yoqut-zar(shafaq) , oltin par(quyosh nuri ) , po’lat otlarini(traktorlarini)dir. Metafora bilan o’xshatish bir tushunchaday ko’rinadi . Lekin ular bir xil emas . “O’xshatish” mavzusida bu haqqida to’liq ma’limot mavjud . Metonimiya – grekcha so’z bo’lib , boshqacha nom berish degan ma’noni bildiradi . Bir narsaning , belgining , harakatning nomi boshqa narsaga o’zaro bog’liqlik asosida ko’chirilsa , metonimiya yo’li bilan ko’chirish deyiladi . Bu narsa , belgi , harakat tasavvurimizga bir-biri bilan aloqador tushunchalarni ifodalashi bilan o’zaro bog’langan bo’ladi . Tasavvurimizda muallif bilan uning asari , mashhur kashfiyotchi bilan uning kashfiyoti , idish – tovoq bilan uning ichidagi ovqat , joy bilan uning ichidagilar va shunga o’xshash tushunchalar bir-biri bilan bog’liq holda shakllanadi. Inson doim so’zlarni tejab ishlatishga intiladi . Shunday hollarda yuqorida sanalgan bir-biriga bog’liq narsalarning birini aytib qo’ya qoladi . Metonimiya ham so’zlarning ko’chma ma’nosiga asoslanadi . Masalan : Fuzuliyni oldim qo’limga , Majnun bo’lib yig’lab qichqirdi Va Navoiy tushib yo’limga faryod bilan o’rnidan turdi. Lermontovni tashlamadim hech , axir qo’yib oldim Hofizni, Pushkin menga ko’rsatar har kech, yig’lab turgan bir cherkas qizni . (Hamid Olimjon) Download 123.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling