Stilistik figuralar
Bolam, bolajonim, bolaginam
Download 123.67 Kb.
|
STILISTIK FIGURALAR1
Bolam, bolajonim, bolaginam,- bahri xolaning butun vujudi titradi… - Xayr qizim. Baxtli bo’lgin! Baxtli bo’linglar!
(Saida zunnunova) Sintaktik parallalezm Bunnda tuzilishi bir xil bo’lgan ikki yoki undan ortiq gaplar ketma-ket keladi. Bu gaplarda so’zlarning shakllari bir xil bo’lib simmetriya vujudga keltiradi va ifodalilik kuchayadi. Masalan: Tuproq kulgisidan yasharar olam, Tuproq yig’isidan quriydi hayot. …onaning orzusi quchmagan baxt yo’q, Onaning xayoli to’xtagan vaqt yo’q. ( Saida Zunnunova ) Perifraz Perifraz (grekcha “rechi” – atrof va “phradzo” – so’zlayman) narsa yoki hodisa nomini uning ma’nosini ifodalovchi boshqaso’z yoki ibora bilan almashtirish usuli bo’lib, nutqning tasviriyligini kuchaytiradi. Masalan Toshkent so’zi o’rnida Vatanimiz poytaxti, paxta o’rnida oq oltin, daryo o’rnida yerning qon tomirlari deb ishlatish mumkin. Perifrazning narsa yoki hodisalarning asl nomi bilan yonma-yopn ishlatilishi nutq ob’ektini alohida ajratish, unga alohida e’tiborni jalb qilish imkonini beradi. Masalan; Tojik - yuksak Pomirim Turkman – tutash tomirim. Qirg’iz, qozoq – bovurim – Turkiston bir, Vatan bir. (Erkin Vohidov) Metonomiya Grekcha metonumia – nomini o’zgartiriah, majoz) – hodisa yoki predmetni biron-bir belgisi bilan almashtirish. Masalan, “Sho’r suvlardan chiqib kelgan bir maymun” ( sho’r suv – dengiz) (Fitrat), “bitsin endi eski turmush, ul kulohu jandalar (Kuloh – xurofotchi mulla eshonlar, jandalar – darveshi qalandarlar) (Hamza), “Ko’ksim yarasi (dard) (Sirojiddin Sayyid), “Qirli toj ko’p qo’rqdi botir tovushidan” ( qirli toj – podsho) (Fitrat). Mubolag’a Mubolag’a so’z ma’nosining ko’chishiga asoslangan badiiy san’atlardan biri bo’lib, nutqda kuchli ekspresiya hosil qiluvchi priyomlardan hisoblanadi. Mubolag’aning ig’roq turi A’zam O’ktamning “Qush potragan misoli…” she’rida uchraydi: Talabgori sanoqsiz, Zordir hamma ko’rarga O’n sakkiz ming olamda, U yakkayu yagona. Shoir she’rda yorning haqiqatan go’zallikda tanholigini ta’kidlash uchun son turkumiga oid o’n sakkiz ming, yakka-yui yagona birikmalaridan ustalik bilan foydalangan. O’n sakkiz ming olamda yorning yagonaligi an’ana sifatida Iqbol Mirzoning “Sen kulsang” she’rida ham uchraydi: Bu olamda tanhosan Bitta go’zal dunyosan. Qolgan o’n sakkiz mingta Dunyo bilan ishing yo’q. Download 123.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling