Stol tennis o’yining paydo bo’lishi tarixi


Musobaqa qatnashchilari, ularni xuquq va vazifalari


Download 139.04 Kb.
bet11/15
Sana28.10.2023
Hajmi139.04 Kb.
#1729814
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Tennis

Musobaqa qatnashchilari, ularni xuquq va vazifalari


Qatnashchilarning yoshlari
1. Stol tennisi bo’yicha Musobaqalar quyidagi yoshdagi guruxlar bo’yicha o’tkaziladi:

  • bolalar guruxlar (qiz va o’g’il) 10-12 yosh

  • o’spirinlar guruxi (qiz va o’g’il) 13-14 yosh

  • kichik, yoshlar guruxlari (qiz va o’g’il) 15-16 yosh

  • katta yoshlar guruxlari (qiz va o’g’il) 17-18 yosh

  • o’smirinlar guruxlari (erkak va ayollar) 19-21 yosh yuqorilar

  • katta yoshdagilar guruxlari (erkak va ayollar) erkaklar 40 yoshdan yuqori, ayollar 35 yoshdan yuqori

2. Musobaqa qatnashchilarning yoshlari shu o’tib yuborayotgan yilning 1 iyuldan taqqoslab olinadi.


3. Qatnashuvchilarning Musobaqalarga qatnashish uchun ruxsat berilishi.
4. Musobaqalarga tennis to’garaklarida shug’ullangan xamda tibbiy xodim tomonidan Musobaqaga qatnashishga ruxsat berilgan sportichi qatnashishi mumkin.
5. Vrachning ruxsati shu sport uyushmasining sportchilari ro’yxatida ko’rsatiladi yoki shaxsiy musobaqalar borish bo’lsa, shu sportchining klassifikatsion biletidan ko’rsatiladi.

Qatnashuvchilarning xuquq va majburiyatlari


1. Qatnashuvchilarning majburiyatlari:
a) o’zini Musobaqalarda odobini, intizomini saqlash, xakamlarga va o’zining Musobaqadoshlarga xurmat bilan munosabatda bo’lish;
b) Musobaqa qonun, qoidalarini bilish va unga amal qilish, Musobaqa nizomi va uchrashuvlar ro’yxatini bilish;
v) Musobaqalarga shay turish, ro’yxat bo’yicha bo’ladiga uchrashuvga 10 mint qolganda tayyor bo’lish. 1-chi chaqiriqdan keyin, Musobaqani olib borayotgan xakamga uchrashmagan qatnashchi ogoxlantirish oladi, agar 2-chi chaqiriqdan keyin xam kirmagan qatnashchini kech qolgani uchun ogoxlantirishsiz mag’lubiyat beriladi.
2. Sport razryadiga ega bo’lgan qatnashchini Musobaqa paytda o’zining klassifikatsion biletini xakamlar xayhatiga topshirish shart.
3. Guruxlar bo’yicha Musobaqalar o’tkazilganda Musobaqaga qatnashayotgan barcha guruxlar to’liq xolda (zaxiradagilar xam) gurux sardorini boshchiligida Musobaqada o’tkaziladigan maydonda, Musobaqa boshlanishida va tugatilishida saf tortib turishlari kerak.
4. O’zbekiston o’yini uchrashuvlarini Musobaqa boshlangan qatnashchi, xamma uchrashuvlarini o’tkazish shart. Uchrashuvga kelmagan yoki sababsiz uchrashuvdan bosh tortgan qatnashchi diskvalifikatsiya (Musobaqada ishtirok qilishdan chetlashtiriladi) qilinadi.
5. Musobaqa qonun qoyidalarini buzgan va noqobul xarakatlar qilgan qatnashchi ogoxlantirish oladi, agar ikkinchi marta ogoxlantirish olgan qatnashchi o’yindan chetlashtiriladi.
6. Qatnashuvchilarga katta baqirib chaqirish, xakamlarga va o’yinchilarga xalaqit berish taxqitlanadi. Agar shunday qilgan qatnashchi ogoxlantirish oladi, ikkinchi marta ogoxlantirish olgan qatnashchi o’yindan chetlashtirilishi mumkin.
7. Qatnashchi o’zini kiyimlarini tuzatib olish uchun qisqa muddatga tanaffus olishi mumkin. Xakam ruxsati bilan.
8. Qatnashchi o’yin paytida bor kuchlari bilan o’yinashi shart. Agar u bilan turib ataylab yutqizib bersa Musobaqadan chetlashtirilishi mumkin.
9. O’yinchi xakamdan iltimos qilib ruxsat so’rashi mumkin, faqat to’p o’yindan tashqari xolatda bo’lganidagina murojat qilish kerak bo’ladi.
10. O’yinchilarga xakamlar bilan tortishish taxqidlanadi. Agar o’yinchi o’yinni olib borayotgan xakamning xulosalaridan norozi bo’lsa, o’yin paytida katta xakamga murojat qilishi mumkin.
11. Uchrashuv tugashi bilan o’yinchilar bir-birlari bilan xamda xakam bilan qo’l berib o’yinnni tugatishadi.

Download 139.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling