Stomatologiya propedevtikasi


«Termafll» yordamida kanalni plombalash usuli


Download 7.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/114
Sana20.09.2023
Hajmi7.85 Mb.
#1682149
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   114
Bog'liq
terapevtik stomatologiya

«Termafll» yordamida kanalni plombalash usuli
Termafil - konussimon egiluvchan asbob bo‘lib, zanglamas 
po‘latdan tayyorlanadi, uning ustki qismi alfa fazali guttapercha 
bilan qoplanadi, ISO standarti bo‘yicha hajmi 20dan 140gacha 
bo‘ladi.
Alfa fazali guttapercha past qizish harorati va yopishqoqligi, 
yuqori oquvchanligi bilan ajralib turadi, ayni shu xususiyatlari hisobiga 
ildiz mikrokanalchalarini to‘ldiradi.
Termafil bilan kanalni plom balaganda guttaperchaning 
pasayishi kuzatilmaydi.
Avval termafil kanal hajmiga qarab tanlanadi. Buning uchun 
plastikli veiifikator bilan kanal uzunligi oTchanadi. Agar kanal qiyshiq 
bo‘lsa, termafil bukiladi. Termafilga 5,25% natriy gipoxlorid 
eritmasida 1-2 daqiqa mobaynida antiseptik ishlov beriladi, so‘ng 
70%li spirtda yuvilib, maxsus «Termaprep» nomli pechkaga 20- 
30C qo‘yiladi. Kanalga siler kiritilib, biroz qizigan termafil kanalga 
kiritiladi. Termafilning dastasi bor bilan kesiladi.
Shundan so ‘ng guttaperchaning ortiqcha qism i o g ‘iz 
bo‘shlig‘idan olinadi vatish tojini qayta tiklashgakirishiladi. Tishni 
restavratsiyalash bemoming boshqa qatnovida ham amalga oshirish 
mumkin. Termofil bilan kanal plombalanganda uning asosiy va yon 
qismlari ham to‘liqplombalanadi.
Gidroksid-mis-kalsiyning depoforezi
Gidroksid mis-kalsiy depoforezi ildiz kanallari obturatsiyalangan, 
kuchli qiyshaygan yoki kanallarda gangrenoz qoldiqlami saqlaganda 
qo‘llaniladi. Bu usulni vital ekstirpatsiyadan so‘ng ham qo‘llash
2 1 2


mumkin, lekin pulpa qoldiqlarini devitalizatsiyalash lozim Depoforez 
granulema va radikular kistalarda ham samaralidir. Bu usul 
ultratovush va lazer davolash usullaridan ko‘ra samaraliroqdir. Bu 
usulni A.Knappvost ixtiro qilgan.
Usul gidroksid mis-kalsiyning bakteriotsid va fiziko-kimyoviy 
xususiyatlariga asoslangan. Bu moddaning depoforezida elektr 
maydon ta’sirida bir necha daqiqa davomida asosiy kanal va yondosh 
kanallar apikal qismigacha OH ionlari va yuqori bakteriotsidli 
gidroksikuprat [Cu(OH)2] ionlari yetib boradi, elektroforez ta’sirida 
esa manfiy zaryadlangan mis gidroksid kolloid sistemasining 
transportirovkasi yuzaga keladi. Shunday qilib, bu usul ionoforez 
va elektroforez birgalikda qoilangan usul dir.
Usulning am alda qo‘llanilishi. Bu usul avvalo o‘tmaydigan 
kanallami endodontik davolashda qo'llaniladi. Shuningdek, kanalda 
pulpaning gangrenoz qoldiqlarida, devitalizatsiya natijasidagi pulpa 
qoldiqlarida, kanalda asbob singanda va uchki sohaga chiqmaganda, 
«an’anaviy» usul bilan davolaganda samara bermaganda, sun’iy 
qoplama bilan qoplaganda va apikal yorig‘i keng bo‘lganda 
qoilaniladi. Davolashning samaradorligi 3tadan seansni har 8-14 
kunda olganda namoyon bo ‘ladi.
Birinchi qatnov. Kanalga kirish qismidan '30-40 fayllar bilan 
kanalning ‘/2-2/3 qismigacha o‘tish lozim, kanal qiyshiq boisa, 
qiyshaygan joyidan o‘tiladi. Kanalni kengaytirish chuqurligi 6-8 mm 
dan kam bo‘lmasligi kerak.
Tayyorlangan kanal qaymoq holidagi gidrookis mis-kalsiy 
eritmasi bilan to'ldiriladi. Frontal .tishlaming koronka qismi 
bo‘yalmasligi uchun gidroksid mis-kalsiyni gidroksid kalsiy bilan 
1:10 nisbatda aralashtirish lozim.
Musbat passiv elektrod (anod)ni bemoming lunj sohasiga, manfiy 
signali elektrod (katod)ni kanal (4-8mm) chuqurlikka kiritiladi, bunda 
tish kovagi bo‘sh qoladi.
D epoforez «O riginal II», «Comfort» (Olmoniya) yoki 
«EndoEST» apparatlari bilan o‘tkaziladi. Asbobni bemorga ulashdan 
avval, asbob yoqilgan, tekshirilgan va bemorga ulash uchun 
to‘g‘rilangan boTishi kerak. Asbob sekin-astalik bilan, ildiz uchi
213


sohasida sanchish yoki issiqlikni sezishi paydo boigungacha 
yoqiladi. Odatda bu 0,5-1 (milliamper) mA intervalida kuzatiladi. 
Agarda noxushlik holati yuzaga kelsa, tok kuchi pasaytiriladi, 
keyin asta-sekinlik bilan ko‘tariladi. Tok kuchini l-l,7mAgacha 
olib borish lozim. Seans uchun optimal tok kuchi 5mA. Shundan 
kelib chiqqan holda tok kuchi 1mA boiganda seans davomiyligi 
5 daqiqa, l,2mAda4daqiqadir. Periodontdayallig‘lanishjaray@ni 
kuzatilganda depoforezdan keyin tishni ochiq qoldirish lozim.

Download 7.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling