Stomatologiya propedevtikasi


Betta markaziy shtift usuli


Download 7.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/114
Sana20.09.2023
Hajmi7.85 Mb.
#1682149
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   114
Bog'liq
terapevtik stomatologiya

Betta markaziy shtift usuli
Asosan ildiz, kanali yumaloq boigan tishlarda qoilaniladi. Siler 
sifatida pasta, epoksid aralashma yoki kumushli sement olinadi, 
filer sifatida esa kumushli yoki guttaperchali shtift tanlanadi. Avval 
kanalga siler ildizning apikal qismigacha kanal toidirgich bilan 
kiritiladi. So‘ng kanalga filer-shtift-cho‘qqigacha kirgiziladi. 
Shtiftning dasta qismi keyin sindiriladi. Guttaperchali shtiftning dasta 
qismi qizdirilgan ekskavator bilan kesiladi, so‘ng plomba qo‘yiladi. 
Kumushli shtift qoilanilganda ildizning apikal qismigacha taqalib 
plombalanadi. Ushbu usulning afzalligi shundaki, qiyshiq kanallaming 
apikal qismi ham plomba ashyosi bilan toiadi.
Guttaperchaning sovuq lateral kondensatsiya usuli
Ushbu usul oval yoki noto‘g‘ri geometrik shaklli kanallarda 
qoilaniladi. Usulning maqsadi - asosiy va shoxlangan kanallami 
to iiq plombalash. Oxirgi kanalni kengaytirgan asbob hajmidan 
biroz kattaroq guttaperchali shtift tanlanadi.
Shtiftning uzunligi 0,5-1,0 mm kanaldan kaltaroq b o iish i 
kerak, kanalga kirishi va chiqishi biroz qiyinchilik bilan amalga 
oshirilishi kerak. Nazorat uchun rentgenologik surat olinishi lozim.
Kanalni plombalashdan oldin tanlangan siler kanal toidirgich 
yordamida kanalga kiritiladi, shtift ham silergabotirilib ildiz uchigacha
211


olib boriladi. So‘ngra shtiftni chiqarib, yana qayta kanal uchigacha 
kirgiziladi. Asosiy shtift o‘matilgandan so‘ng spreder yordamida 
qo‘shimcha guttaperchali shtift lateral kondensatsiya yo‘li bilan 
o‘rnatiladi. Kerak bo‘lganda ushbu tadbirlar kanal to‘lguncha yana 
takrorlanadi, keyin esa guttaperchaning ortiqcha qismi qizitilgan 
ekskavator bilan kesib tashlanadi. Yakunida nazorat rentgenologik 
tekshirish bilan amalga oshiriladi.

Download 7.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling