Stomatologiya propedevtikasi


B irinchi qatnovda yuzaga keladigan jarayonlar


Download 7.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/114
Sana20.09.2023
Hajmi7.85 Mb.
#1682149
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   114
Bog'liq
terapevtik stomatologiya

B irinchi qatnovda yuzaga keladigan jarayonlar. 
Gidroksikuprat va gidroksil ionlari, gidroksid mis kalsiydan ajralib, 
kanal va uning yon shoxchalarida o ‘tirib qoladi. U yerda 
gidroksikuprat ionlari yomon eruvchi mis gidroksidi Cu(OH)2 ga 
aylanadi.
Periapikal sohadan to‘qima suyuqligi elektro-osmos qoidasiga 
asoslanib tish kanaliga tortiladi. Ortiqcha suyuqlik paxta tamponi 
bilan olib tashlanadi. Suyuqlikdagi pufaklar elektrodni aylantirib 
y o ‘qotiladi. Kanalda organik suyuqlik steril proteolizatga 
aylanadi. 
*
Ikkinchi qatnov. Birinchi qatnovda amalga oshirilgan ishlar 
qaytariladi. Kanal tarkibidagi suyuqlik proteoliz natijasida mayda 
boTaklarga parchalanadi va periapikal qisrnga o‘tishi natijasida 
organizm tomonidan qarshiliksiz so‘riladi.
Ildiz kanali elektr toki ta’sirida tozalanadi. Ildiz teshigidan mis 
gidroksidining chiqish jarayonida teshikni berkitadi va u yerda 
«misli qopqoqchalar» hosil qilinadi. Kanalning periapikal qismida 
kanaldagi eritma assimilatsiyaga uchraydi; ikkinchi qatnovda mis- 
kalsiy gidroksid eritmasining kolloid parchalari harakatga keladi. 
Ular ham apikal qismga harakat qiladi va ildiz devorlarida o ‘tirib, 
uni o‘rab oladi.
Uchinchi qatnov. Yana depoforez amalga oshiriladi. Shifokor 
atatsamitni (ishqor saqlovchi sement) kanalning kengaygan 
qismigacha to‘ldiradi. Shu qatnovning o‘zida doimiy plomba 
qo‘yiladi.
Gidroksid mis-kalsiy bilan depoforez yuqori (95%) klinik 
eflfektivlikka ega.
214


Qarshi ko‘rsatmalar. Homiladorlik, xavfli o‘smalar, misga 
bo‘lgan allergiya, elektr tokini ko‘tara olmaslik, autoimmun 
kasalliklarining og‘ir shakllari va yiringlagan kista.
Ildiz kanallarini vaqtinchalik berkitish
Ishlov berilgan kanallami reinfeksiyalanishining oldini olish 
m aqsadida ham da periodontitning destruktiv shakllarini 
davolashda, kanallami qotmagan pastalar bilan plombalash lozim. 
Bunday ashyolarga quyidagilar kiradi.
a) Gidroksid kalsiy;
b) Antibiotik va kortikosteriodlar;
d) Metronidazol;
e) Uzoq vaqt davomida ta’sir etuvchi antibiotiklar (timol, kreozot, 
kamfora, mentol, yodoform).
Vaqtinchalik plomba ashyolari kanalni doimiy plomba bilan 
plombalashdan oldin olib tashlanadi.

Download 7.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling