Stomatologiya propedevtikasi


-rasm. Blek bo‘yicha sinflur


Download 7.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/114
Sana20.09.2023
Hajmi7.85 Mb.
#1682149
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   114
Bog'liq
terapevtik stomatologiya

70-rasm. Blek bo‘yicha sinflur
Tishkariyesning joylashuvi bo‘yicha, chuqurligi bo‘yicha, klinik 
kechishi xarakteri bo‘yicha va boshqa xususiyatlari bo‘yicha bir 
nechta tasnifga ajratiladi. Tish to‘qimasi zararlanish darajasiga 
ko‘ra, emal, dentin va sement kariyeslariga boiinadi.
Z ararlangan o ‘choq jo y lash ish ig a k o ‘ra, fissur, b o ‘yin 
sohasidagi, kontakt (aproksimal) yuzasidagi kariyeslarga boiinadi.
Klinikada topografik klassilikatsiyadan foydalaniladi:
1. Dog‘ shaklidagi kariyes (boshlanglch);
2. Yuza kariyes;
3. 0 ‘rta kariyes;
4. Chuqur kariyes.


Mana shu 4 ta sinf oddiy va asoratli kariyes turlariga ajratiladi 
(klinik kechishi bo'yicha).
Asoratli kariyes deb asosan pulpit, periodontning yalligianish 
kasalliklariga aytiladi.
Klinik amaliyotda ikkilamchi (residiv) kariyes termini ham 
ishlatiladi. Avval qo‘yilgan plomba yonida karioz kovakning hosil 
b o iish i ikkilamchi (residiv) kariyes deyiladi.
Ba’zan o ik ir va surunkali kariyes turlari ham uchrab turadi. 
Kariyesni o ik ir va surunkali turga b o linish i har doim ham o ‘zini 
oqlamaydi. Chunki jarayon har qancha tez suratda davom etmasin, 
karioz kovak hosil b o iish i umumiy meditsina bo'yicha o ik ir
patologikjarayonkechishigamoskelmaydi. T.F. Vinogradovaning 
yozish ich a, b o lala rd a g i kario z ja ra y o n k o m pensirlangan, 
subkompensir va dekompensir turlarga bo ‘ linadi.
Tarqalishi b o ‘yicha birlam chi (alohida tishlar) va k o ‘p 
uchraydigan karioz kovaklar kuzatiladi.
Deyarli barcha tishlarning bo‘yin qismlarida uchraydigan karioz 
kovaklari sistemali zararlanish turkumiga kiritiladi.
Emal va dentin to‘qimalarining tuzilishi, gistologik
xususiyatlarga b ogiiq ravishda kariyes jarayonining 
rivojlanishi va tarqalishi
Kariyes kasalligi m olar tishlarining fissuralarida k o ‘proq 
uchraydi.
Fissuralar - bu emalning do‘mboqchalar orasida joylashgan 
chuqurliklari. Ular tuzilishiga ko‘ra «ochiq» va «yopiq» b o iish i 
m um kin. Yopiq fissuraning eng chuqur turi «kolbasim on» 
fissuralardir. Aynan shu yopiq va «kolbasimon» fissuralar karioz 
kovaklar rivojlanishi uchun eng qulay muhitga ega, chunki bu 
hududlardagi tish karashlarini deyarli tozalab bolm aydi.
Chaynov yuzaning em alida kariyes uchburchak shaklida 
rivojlanadi, uchburchak cho‘qqisi kariyes boshlangan joyiga to‘g‘ri 
keladi. Shu sababdan zararlangan kariyes nuqsoni chuqurga 
tarqalgan holda ham ancha vaqt ko‘zga ko'rinmaydi. Dentindagi 
organik moddalar emalga nisbatan ko‘p b o lg ani sababli kariyes


jarayoni nafaqat chuqurga, balki chetlarga, ayniqsa, emal-dentin 
chegarasigacha tarqaladi. Shuning uchun zararlangan emal 
qirralari ostida dentin qavati uchramaydi. Dentindagi kariyes 
nuqsoni uchburchak shaklida b o iib , uchburchak cho‘qqisi tish 
pulpasi tomoniga qaragan bo‘ladi.
Tishning kontakt (yonbosh) yuzalaridagi kariyes, odatda, kontakt 
nuqtaning tagida rivojlanadi. II sinf kariyes kovak chaynov yuzadagi 
kariyesga o‘xshab dentin asosi dentin-emal chegarasiga qaragan 
ikki konus ko‘rinishida kuzatiladi. Lekin emal prizmalarining yo‘nalishi 
kariyes kovak teshigining ancha keng bo‘lishini ta’minlaydi.
Emalning arrasimon qirralari ko ‘proq chaynov yuza va kesuv 
qirra tomonida namoyon bo‘ladi. Tish koronkasi kariyesga turg‘un 
b o ig a n massiv yon tomonlarga tarqalishini chegaralab qo‘yadi. 
Kontakt yuzalarida joylashgan kariyes kovaklari yashirin bolgani 
uchun tashxislash ancha murakkab b o iad i. Tishlarning bo‘yin 
sohasidagi kariyes, ko‘pincha, vestibular, ya’ni dahliz yuzada 
kuzatiladi. Doimiy tishlarda kariyesning rivojlanishi milk oldi 
sohasida tishning yon tomonlarigacha namoyon bo iadi.

Download 7.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling