Stomatologiya propedevtikasi
Terapevtik stomatologiyada aseptika va antiseptika
Download 7.85 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Antiseptika
Terapevtik stomatologiyada aseptika va antiseptika
Stomatologik qabulda infeksiya tarqalishining oldini olish y o ii - bu aseptika va dezinfeksiyadir. A sep tik a - d a v o la sh va ta s h x is la s h ja ra y o n id a mikrotanachalaming yaraga, to ‘qimaga yoki tana bo‘shlig‘iga kirishining oldini olish chora-tadbirlar majmuasidir. Antiseptika - bakterial va infitsirlangan yaralami davolash, y irin g li, anaerob va ch iritu v ch i ja ra y o n la rn i ch aq iru v ch i qo‘zg‘atuvchilar tushgan yara va to‘qimalami davolash usuli. Dezinfeksiya - infeksion kasalliklar tarqatuvchilarni tashqi m u h itd a y o ‘qo tish (b a k te riy a , v iru sla r, rik k e tsiy a la r, zam burugiar). Stomatologik qabulda aseptika, antiseptika va dezinfeksiya qonun-qoidalariga rioya qilish shak-shubhasizdir. Bu bir necha sabablarga bog‘liq. Birinchidan, stomatologik klinika о ‘zining maxsus xususiyatlariga b o g iiq holda tibbiyot xodimlari va bemorlarning bakterial, virusli va zam burugii kasalliklar bilan zararlanish o ‘chog‘i hisoblanadi. Ikkinchidan, dunyo bo‘yicha insonlar orasida OITSning tarqalishi tibbiyot xodimlari va bemorlarning bu virus bilan zararlanish xavfrni yanadaoshiradi. Uchinehidan, bu bir qancha stomatologlaming umumiy va tibbiy m adaniyatining pastligi, qabul paytida sanitar-gigiyenik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlami hisobga olmasligidir. Stomatologik qabulda bir vaqtning o'zida infeksiyalanish subyekti va obyekti bir tomondan bemor hisoblansa, ikkinchi tarafdan bu bemomi davolashda ishtirok etayotgan tibbiyot xodimlaridir (vrach, tibbiyot hamshirasi, vrach assistenti, tish texnigi, sanitarka). Ayniqsa, institut klinikalarda ham o‘qish va davolash jarayonida ishtirok etayotgan yuzlab talabalar infeksiya bilan zararlanishi mumkin. Har bir stomatologik xonada, u qanday yo‘nalishdagi stomatologik xona boiishidan qat’i nazar, asboblar steril stolda joylashgan bo iish i lozim. Odatda bu steril choyshab bilan yopilgan stol va undagi steril asboblardan yoki maxsus paketchalarda shtamplangan steril asboblar majmuasidir. Terapevtik stomatologiyada shifokor yuqoridagi qoidalarga rioya qilgan holda ishlashi lozim, chunki stomatolog doimo infitsirlangan yara bilan bevosita aloqada b o iad i. Aseptika qoidalariga rioya qilmaslik infeksiyani bir bemordan ikkinchisiga oiishiga ohb keladi (VICH infeksiya, gepatit В, С va boshqalar). Gospital infeksiya qo‘zg‘atuvchilari havoda, asboblar va tibbiyot xodimlarining qoiida boiishi mumkin. Xonadagi havo ham kimyoviy vositalar bilan zararlangan holatda b o iad i (simob, margimush, kadmiy, qo‘rg‘oshin, metilmetakrilatlar va boshqalar). Stomatolog faoliyatiga ba’zi salbiy fizik faktorlar: lokal tebranish, shovqin, majburiy holat, k o iis h a’zolariga tushadigan taranglik va bir xil mushaksimon harakatlar ta’sir etadi. Tibbiyot xodimlari maxsus kiyimda, almashadigan oyoqkiyimda, maska, qo‘lqop va himoya ko‘zoynaklarida ishlashi lozim. Bem or qabul qilish paytida tibbiyot xodim i obyektlarni mikroorganizmlar bilan zararlantinnasligi kerak (yozuv-chizuv ishlarini olib bormaslik, telefon go‘shagiga tegmasligi va h.k.). Ish boshlashdan avval va tugagach tibbiyot xonasidagi barcha yuzalar antiseptik bilan namlangan doka bilan ikki marotabalab artilishi lozim. Steril stol 6 soatga yoziladi. Asbob-anjomlar steril stolni tashkil qilishdan oldin, paxta saqlovchi shisha idishlar esa har kuni sterillanadi. Paxtaning sterilligini uzoq vaqt saqlash uchun ularni maxsus kraft-qog‘oz paketlarda (20-25 donadan) saqlashadi. Stomatologik asboblami ishga tayyorlash uch bosqichni tashkil etadi: dezinfeksiya, sterilizatsiya oldi tozalash, sterilizatsiya. Patogen va shartli patogen m ikroorganizm larni y o ‘qotish maqsadida dezinfeksiya ishlari olib boriladi. D e z in fe k siy a d a n s o ‘ng o y n a c h ad a n ta sh q a ri, dezinfeksiyalovchi vosita «Alaminol» (5% eritmasi) yordamida sterilizatsiya oldi tozalash ishlari bajariladi. Asboblar 1 soatga b o‘ktirib qoldiriladi. «Dekon eks VV» dezinfeksiyalovchi vositaga asboblar 30 daqiqaga qoldiriladi. Sterilizatsiya oldi tayyorlov - bu asboblardan oqsil, yog‘, dori vositalari va mexanik ifloslanishlami tozalashdan iborat jarayondir. Ishlatilgan barcha asboblar zararsizlantiriladi: - Chayish uchun ishlatiladigan stakanlar oqib turgan suvda yuviladi va 30 daqiqaga 0,5% li xloraminli eritmaga, 0,1% li gipoxlorid natriyga, 2,5% li xlorgeksidin biglukonatning suvli eritmasiga solib qo‘yiladi. - Stomatolog oynachalar 3% li xloramin eritmasida, 6% li periks vodorod eritmasida yopiq idishda 1 soat davomida saqlanadi. So‘ng oynachalar suvda yuviladi, so‘ng steril salfetka bilan artilib, steril lotokda ustini steril salfetka bilan yopib qo‘yiladi. Dastlabki tozalangan borlar, rimer, fayl, ildiz ignalari, kanal to‘ldirgichlar 2,5% li xlorgeksidin biglukanatning suvli eritmasi, 70% li etil spirti, glutar «Saydeks» eritmalari bilan dezinfeksiyalanadi. Mikroorganizmlar va ulaming sporalari fizikaviy va kimyoviy usul yordamida yo‘q qilinadi. Fizik faktorlardan yuqori harorat, UB- nurlar, ultratovush, kimyoviy moddalardan - yod, spirt, vodorod periksi va xloramin hamda boshqalardan foydalaniladi. Stomatologiyada asboblar fizik (bug‘, havo, shisha sharlar) va kimyoviy (kimyoviy eritmalar, gaz usul) usulda sterillanadi. Download 7.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling