Stomatologiya propedevtikasi


-rasm. a - Gaytis gliden-kanalga kirish joyini kengaytirish uchun


Download 7.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/114
Sana20.09.2023
Hajmi7.85 Mb.
#1682149
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   114
Bog'liq
terapevtik stomatologiya

131-rasm. a - Gaytis gliden-kanalga kirish joyini kengaytirish uchun 
mo ‘Ijallangan; b - Flekogeytis - ildiz kanali cho ‘qqisiga ishlov berish uchun
mo 'Ijallangan


Largo (Pesso-Reamer) uzun dastali asbob, 6 ta son bilan 
raqamlanadi: 070; 090; 110; 130; 150; 170. Kanalning ustki 
qismiga (bukilguncha) ishlov berish uchun m o‘ljallangan.
Kanaldan o‘tish uchun asboblar
Bu asboblar Rimer (rimer) deb ataladi, asosan uchburchak 
kesimli buralgan po‘latdan tayyorlangan bolib , o ‘ta egiluvchan va 
yuqori kesuvchi hisoblanadi. Kanalga kiritilgandan so‘ng soat mili 
bo‘ylab chorak yoki yarim aylanish yo‘nalishi harakatlanadi. Bunda 
penetresiya, rotatsiya va retraksiya harakatlari amalga oshiriladi 
va dentin qirilib chiqariladi. U sinmaydi, chunki nikel-titandan 
tayyorlanadi.
K-rimer (Kerr drili) - 20 ta son bilan (0,06-140) ISO standartlari 
bilan raqamlanadi.
K-fleksorimer - yuqori egiluvchan asbob bo ‘lib, nikel-titan 
aralashmasidan tayyorlanadi.
К-Golden medium - bitta hajmdan ikkinchi hajmga o‘tish uchun 
oraliq asbob bo‘lib, quyidagi diametrda 012; 017; 022,; 027; 032; 
037 chiqariladi. Kanalga 020 hajmdagi fleksorimerdan 0,25-raqamli 
fleksorimerga o‘tishdan avval 022 raqamli fleksorimer ishlatiladi.
K-rim er Forside - juda ingichka kanallarni o ‘tish uchun 
m oljallangan. Yog‘inda 0,06; 008; 010; 015 diametrli va ishchi 
qismining 21,25,28,31 mm uzunligidagi asboblar bo‘ladi.
Kanalni kengaytirish uchun ishlatiladigan asboblar
File (fayl) - 006-040 raqamli asboblar uchburchak shaklidagi 
ashyodan, 045-140 to‘rtburchak shakldagi ashyodan tayyorlanadi.

§
132-rasm. a - Fayl asbobining о ‘Ichov birligida buralish soni ко ‘p; 
b - Rimerda buralish soni kam


Ushbu asboblar biroz dag‘al b o ‘lib, qiyshiq kanallarda 
ishlayotganda, kanal devorini teshib qo‘yishi mumkin. Rimerga 
nisbatan fayllarda buralish biroz ko‘proq, shu sabab ushbu asbob 
bilan ishlayotganda soat mili bo'ylab va teskariga aylanma harakat 
qilib, so'ng kanaldan chiqarib, dentin qirindilaridantozalashlozim. 
Fayllar turlicha bo‘lishi mumkin: К - fayl (Kerr), К - fleksofayl 
Colden Medium. Dentin qirilish hisobiga, penetratsiya - qirish, 
burash (rimerga o‘xshab) hisobiga, 90-180° ga rotatsiya qilish va 
retraksiya (chiqarish) hisobiga qirilib olinadi.
Qabul qilingan standartlar hisobiga fayllar 21 ta hajmda, ishchi 
qismi 21,25,28,31 mm uzunligida chiqariladi. Vulford (1996) fikricha, 
ishlashda asosiy hajmi 08-060, shulaming ichidan 020 - eng ko‘p 
qoilanadigan asbob hisoblanadi.
K-fleksofayl - egiluvchan kanalni kengaytiruvchi asbob bo ‘ lib, 
ingichka va qiyshiq kanallami kengaytirish uchun mo‘ljallangan. 
6tahajmda012; 017; 022; 0,27; 0,30, uzunligi 21,25,3 mm bo‘ladi.
K-fayl nikel-titan qorishmasidan («Nitinol») tayyorlanadi. 
Modifikatsiyanatijasida asbobning shakli kvadrat yoki uchburchak 
kesimidan romsimon shaklga almashtirildi. Bu asbobning kesish 
qobiliyatini oshiradi vaxavfsizlikni ta’minlab beradi. Shuningdek, 
asbobning o‘tkirlashgan uchi to‘mtoqqa almashtirildi (Flex-R fayl) 
va kanalga yo‘nalish ham xavfsiz kechadi, perforatsiyaning oldi 
olinadi. Xuddi shu maqsadda Flex-O- fayl va boshqa asboblar 
yaratildi.
Xyodstrem-fayl (Hedstrem) - H-fayl - yumaloq, cho‘qqiga 
qarab toraygan, zanglamaydigan po‘latdan tayyorlanadi.

Download 7.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling