Stomatologiya propedevtikasi
-rasm. a - Gaytis gliden-kanalga kirish joyini kengaytirish uchun
Download 7.85 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kanaldan o‘tish uchun asboblar
- Kanalni kengaytirish uchun ishlatiladigan asboblar
131-rasm. a - Gaytis gliden-kanalga kirish joyini kengaytirish uchun
mo ‘Ijallangan; b - Flekogeytis - ildiz kanali cho ‘qqisiga ishlov berish uchun mo 'Ijallangan Largo (Pesso-Reamer) uzun dastali asbob, 6 ta son bilan raqamlanadi: 070; 090; 110; 130; 150; 170. Kanalning ustki qismiga (bukilguncha) ishlov berish uchun m o‘ljallangan. Kanaldan o‘tish uchun asboblar Bu asboblar Rimer (rimer) deb ataladi, asosan uchburchak kesimli buralgan po‘latdan tayyorlangan bolib , o ‘ta egiluvchan va yuqori kesuvchi hisoblanadi. Kanalga kiritilgandan so‘ng soat mili bo‘ylab chorak yoki yarim aylanish yo‘nalishi harakatlanadi. Bunda penetresiya, rotatsiya va retraksiya harakatlari amalga oshiriladi va dentin qirilib chiqariladi. U sinmaydi, chunki nikel-titandan tayyorlanadi. K-rimer (Kerr drili) - 20 ta son bilan (0,06-140) ISO standartlari bilan raqamlanadi. K-fleksorimer - yuqori egiluvchan asbob bo ‘lib, nikel-titan aralashmasidan tayyorlanadi. К-Golden medium - bitta hajmdan ikkinchi hajmga o‘tish uchun oraliq asbob bo‘lib, quyidagi diametrda 012; 017; 022,; 027; 032; 037 chiqariladi. Kanalga 020 hajmdagi fleksorimerdan 0,25-raqamli fleksorimerga o‘tishdan avval 022 raqamli fleksorimer ishlatiladi. K-rim er Forside - juda ingichka kanallarni o ‘tish uchun m oljallangan. Yog‘inda 0,06; 008; 010; 015 diametrli va ishchi qismining 21,25,28,31 mm uzunligidagi asboblar bo‘ladi. Kanalni kengaytirish uchun ishlatiladigan asboblar File (fayl) - 006-040 raqamli asboblar uchburchak shaklidagi ashyodan, 045-140 to‘rtburchak shakldagi ashyodan tayyorlanadi. a § 132-rasm. a - Fayl asbobining о ‘Ichov birligida buralish soni ко ‘p; b - Rimerda buralish soni kam Ushbu asboblar biroz dag‘al b o ‘lib, qiyshiq kanallarda ishlayotganda, kanal devorini teshib qo‘yishi mumkin. Rimerga nisbatan fayllarda buralish biroz ko‘proq, shu sabab ushbu asbob bilan ishlayotganda soat mili bo'ylab va teskariga aylanma harakat qilib, so'ng kanaldan chiqarib, dentin qirindilaridantozalashlozim. Fayllar turlicha bo‘lishi mumkin: К - fayl (Kerr), К - fleksofayl Colden Medium. Dentin qirilish hisobiga, penetratsiya - qirish, burash (rimerga o‘xshab) hisobiga, 90-180° ga rotatsiya qilish va retraksiya (chiqarish) hisobiga qirilib olinadi. Qabul qilingan standartlar hisobiga fayllar 21 ta hajmda, ishchi qismi 21,25,28,31 mm uzunligida chiqariladi. Vulford (1996) fikricha, ishlashda asosiy hajmi 08-060, shulaming ichidan 020 - eng ko‘p qoilanadigan asbob hisoblanadi. K-fleksofayl - egiluvchan kanalni kengaytiruvchi asbob bo ‘ lib, ingichka va qiyshiq kanallami kengaytirish uchun mo‘ljallangan. 6tahajmda012; 017; 022; 0,27; 0,30, uzunligi 21,25,3 mm bo‘ladi. K-fayl nikel-titan qorishmasidan («Nitinol») tayyorlanadi. Modifikatsiyanatijasida asbobning shakli kvadrat yoki uchburchak kesimidan romsimon shaklga almashtirildi. Bu asbobning kesish qobiliyatini oshiradi vaxavfsizlikni ta’minlab beradi. Shuningdek, asbobning o‘tkirlashgan uchi to‘mtoqqa almashtirildi (Flex-R fayl) va kanalga yo‘nalish ham xavfsiz kechadi, perforatsiyaning oldi olinadi. Xuddi shu maqsadda Flex-O- fayl va boshqa asboblar yaratildi. Xyodstrem-fayl (Hedstrem) - H-fayl - yumaloq, cho‘qqiga qarab toraygan, zanglamaydigan po‘latdan tayyorlanadi. Download 7.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling