Strategik guruxlar kartasini-tuzish tartibi quyidagicha:
- Tarmoqdagi korxonalarning bir biridan farqlantiruvchi belgilari aniqlanadi.
- Kartaning o’qlari bo’ylab turli xarakteristikalarni juftligi tushiriladi.
- Kartaga korxonalar 2 o’zgaruvchan ko’rsatkichlarga asosan joylashtiriladi.
- Bitta strategik zonaga kirgan Korxonalar strategik guruxga birlashtiriladi.
Raqobat kurashida muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlikning kalit omillari - Agar rorxona yoki kompaniya o’z raqiblarining xatti xarakatlarini kuzatib bormasa u ko’zini bog’lab olib raqobatlashmoqchi bo’lgan xisoblanadi. Xuddi shaxmatdagidek raqobat kurashida xam raqibining keyingi yurishini oldindan ko’ra bilish bebaho axamiyatga egadir. Agar raqibining keyingi qadamini bilmasa, kompaniya Galaba qozonolmaydi. Bu boradagi raqobat kurashi quyidagi yo’nalishlarda olib boriladi21: 1-Raqiblar strategiyasini aniqlash. Buning uchun raqib kompaniya faoliyatining asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari, uning bozordagi mavqei, strategik maqsadlari raqobat strategiyasi o’rganiladi. 2-Kelajakda tarmoqning yetakchisi bo’lishi y’ki yetakchi bo’lgan Korxonalarni aniqlash. Buning uchun xar bir korxonaning potentsial imkoniyatlarini o’rganib ularning ichidan boshqalardan o’zib ketish y’ki o’zib bo’lgan korxonalar belgilanadi. Kelajakda qaysi korxonalar o’z mavqeini yo’qotadi , qaysi biri yetakchi bo’lishi mumkinligini to’g’ri belgilash korxonaning strategiyasini tuzishda muxim axamiyat kasb etadi. 3-Raqiblarning keyingi qadamini oldindan ko’ra bilish. Agressiv raqib odatda qandaydir yangi strategik qadam qo’yadi. O’zining bozordagi mavqeidan qanoatlanadigan korxonalar esa amaldagi strategiyasini saqlab turadi. Omadsiz korxonalarning axvoli shu qadar yomon bo’ladi-ki, ular yaxshi o’ylanmagan bo’lsa xam xujumga o’tishga majbur bo’ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |