Strategik menejment


Download 1.62 Mb.
bet29/192
Sana07.10.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1695195
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   192
Bog'liq
Strategik menejment..

Nazorat savollari:

  1. Kompaniyaning raqobat strategiyasi deganda nimani tushunasiz ?

  2. Raqobatning 5 ta umumiy strategiyasini aytib bering.

  1. Raqobat ustunligini saqlab qolish uchun xujumkorlik strategiyasidan foydalanishni tushuntiring.

  2. Raqobat ustunligini ximoya qilish uchun mudofaa strategiyalaridan foydalanishni tushuntiring.

  3. Vertikal integratsiya strategiyasi va raqobat ustunligini ayting.

  4. Boshlovchilikning ustunliklari va kamchiliklari nimada ?

  5. Xujumkor strategiyaning asosiy turlarini sanab bering .

  6. Xarajatlar bo'yicha etakchilik strategiyasi qanday vaziyatda qo'llaniladi?

  7. Tabaqalashtirish strategiyasi qachon qo'llaniladi?

  8. Raqiblar xujumini oldini olish uchun nimalar qilinadi?

  9. Raqobat ustunligini himoyalash yo'llari.

Tayanch so'z va iboralar: ustunlik, himoya, mudofaa, vertikal integratsiya, xujumkor strategiya, yetakchilik strategiyasi, tabaqalashtirish strategiyasi, xujum.

  1. MAVZU. MARKETING STRATEGIYASINI MAVJUD VAZIYATGA
    MOSLASHTIRISH.


Reja:

    1. Firma strategiyasini mavjud sharoitga moslashtirish

    2. Yangi tarmoklarda rakobat strategiyasi.Etuklik boskichida bulgan tarmoklarda rakobat strategiyasi.

    3. Depsinayotgan yoki tushkunlik xolatidagi korxonalar uchun strategiya.Tarqoq tarmoqlarda rakobat strategiyasi.

    4. Xalqaro bozorlarda rakobat strategiyasi.

6.5.Ikkinchi darajali urinda bulgan firmalar strategiyasi.Muvaffakiyatli ishbop strategiya ishlab chikish uchun tavsiyalar.

  1. Firma strategiyasini mavjud sharoitga ko'niktirish.

Firma strategiyasini mavjud sharoitga kuniktirish vazifasi ancha murakkabdir, chunki bunda bir kancha ichki va tashki omillarni taxlil qilish kerak buladi. Eng asosiy omillarni ikkita katta guruxga ajratish mumkin:

  1. Tarmoq xolatini va undagi rakobat shartlarini tavsiflovchi omillar.

  2. Firmaning rakobat imkoniyatlarini, uning bozordagi pozitsiya va imkoniyatlarini tavsiflovchi omillar.

Marketing strategiyasini mavjud sharoitga moslashtirishni amalga oshirish uchun tarmokdagi vaziyatning beshta klassik variantini va firma axvolining uchta klassik variantini kurib chikib, namoyish etish mumkin.
Tarmoqdagi sharoit variantlari:

  1. Yangi va tez usayotgan tarmoklardagi rakobat.

  2. Etuklik boskichida bulgan tarmoklardagi rakobat.

  3. Depsinayotgan yoki tushkunlik xolatida bulgan tarmoklardagi rakobat.

  4. Tarqoq tarmoklardagi rakobat.

  5. Xalkaro bozorlardagi rakobat.

Firma axvolining variantlari:

  1. Bozordagi ilgorlar (etakchilar).

  2. Ikkinchi darajali o'rinda bo'lganlar.

  3. Zaif yoki raqobatda talofat ko'rgan firmalar.

  1. Yangi tarmoqlarda raqobat strategiyasi.

Yangi tarmok - bu «oyokka turish»ning ilk boskichida bulgan tarmok. Yangi tarmoklar strategiyani ishlab chikuvchilar oldiga aloxida muammolar kuyadi. Ular quyidagilar:

  • yangi bozor yaxshi urganilmaganligi, statistik ma'lumotlar etarli bulmaganligi uchun uning kelajakdagi rivojlanish tendentsiyalarini anik belgilash imkoniyati bulmaydi;

  • nou-xaularning kup kismi patentlangan bulib, astoydil qo'riqlanadi, shuning uchun ulardan foydalanish imkoniyati bulmaydi;

  • rakobat kurashida texnologiyalarning kaysinisi yutib chikishi va kaysi tovarlar xaridorlarga ma'kul kelishi xakida bir xil fikrga kelish kiyin buladi;

  • xar bir firma uzining texnologiyasini, tovar turini va maxsulotni tarkatishga bulgan strategik yondoshuvini iste'molchilarga tan oldirishga xarakat kiladi;

  • ishlab chikarish xajmlarining usishi bilan tajribaning egri chizigi samarasi ishlab chikarish xarajatlarini sezilarli darajada pasaytiradi;

  • firmalar uz rakobatchilari xakidagi ma'lumotlarni etishmasligini doim xis kiladilar;

  • kup xollarda firmalarda xom ashyo va materiallar bilan ta'minlaydigan ishonchli ta'minotchilarni kidirish muammolari yuzaga keladi;

  • juda kup kompaniyalar pul mablaglarini etishmasligini xis kiladilar va rakib firmalarga kushilib ketadilar yoki ularni sotib oladilar.

Yangi tarmoqlarda raqobat strategiyasi. Yetuklik bosqichida bo'lgan tarmoqlarda raqobat strategiyasi.
Yangi tarmokda biznes kilishning eng muxim strategik muammolaridan biri shuki, unda doimo tavakkalchilik kilish va imkoniyatlarni baxolab berish talab etiladi. Yangi tarmokda muvaffakiyatga erishish uchun bir kancha tavsiyalarga amal kilish zarur buladi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling