Demokratik institutlar - jamiyat hayotida demokratik tamoyil-
larni qaror topishga xizmat qiladigan tashkilotlar va tuzilmalar
majmuasi. Tarixiy jihatdan ularni shartli ravishda demokratik maz-
munga ega bo‘lgan an’anaviy, ijtimoiy-siyosiy institutlar (davlat, si
yosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, OAV) hamda faqat demokra
tik jamiyat sharoitida faoliyat yuritadigan maxsus institutlarga, ma-
salan, inson huquqlariga amal qilinishini ta’minlovchi turli nodavlat
tuzilmalarga ajratish mumkin.3
Demokratik institutlar mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllanti-
rishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kuchli fuqarolik jamiyatining o‘ziga
xos jihatlari shundan iboratki, demokratik tamoyillar rivojida fuqarolik
institutlari faoliyatiga keng o‘rin beriladi. ular jamiyatda jamoatchilik na-
zoratini amalga oshiradi, davlatning e’tiboridan chetda qolgan muammo-
lami belgilash va bartaraf etishda davlat institutlari bilan hamkorlik qila-
di.
Bugungi kunda 0 ‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini shakl-
lantirish va rivojlantirishga qaratilgan 200 dan ortiq qonun va qonunosti
hujjatlari qabul qilindi. Bular jumlasiga, asosiy hujjatlar sifatida “0 ‘zbe-
kiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida” (1991), “Kasaba
uyushmalari, ulaming huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”
(1992), “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida” (1999), “Fuqarolar-
ning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” (1999), “Siyosiy partiya
lar to‘g‘risida” (1996), “Jamoat fondlari to‘g‘risida” (2003), “Siyosiy par-
tiyalami moliyalashtirish to‘g‘risida” (2004), “Vijdon erkinligi va diniy
tashkilotlar to‘g‘risida” (1991), “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliya
tining kafolatlari to‘g‘risida” (2007), “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘-
risida” (1997). “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sherikchilik
to‘g‘risida” (2014) kabi 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlarini kiritish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |