Strategiyasi. Fuqarolik jamiyati


Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/38
Sana22.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1684487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
2283977 Jumaniyazov B. O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati

Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va 
uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
“Fuqarolik jamiyati” fani o‘quv rejadagi “0 ‘zbekistonda demokra- 
tik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”, “Huquqshunoslik”, “Sotsio- 
logiya”, “0 ‘zbekiston tarixi”, “Falsafa”, “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha 
va tamoyillar”, “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Ma’naviyat asoslari”, “Mada- 
niyatshunoslik” kabi fanlar bilan o‘zaro bog'liq. Mazkur fanlar shaxs- 
ning siyosiy-intellektual kamolotida, ijtimoiy munosabatlarda demokra- 
tik, umuminsoniy qadriyatlaming shakllanishida muhim ahamiyat kasb 
etadi. Fuqarolik jamiyati fani ijtimoiy hayotdagi o ‘zgarishlami bir butun 
tizim sifatida o ‘rganadi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
“Fuqarolik jamiyati” fani sohasida egallangan bilimlar insonning 
maqsadini aniqlashda, fuqarolik jamiyatida yashash ko‘nikmasini shakl- 
lantirishda, huquqiy tenglikka amal qilishda, ijodiy faoliyat jarayonida 
burch va mas’uliyatni his qilishda ijobiy ta’sir qiladi. Insonning dunyoda 
o‘z o‘mini anglashda, maqsadli faoliyat yuritishda, fuqarolik jamiyati ta- 
raqqiyotiga munosib hissa qo‘shishda namoyon bo‘ladi.
4


Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va 
pedagogik texnologiyalar
“Fuqarolik jamiyati” fanini o‘qitish jarayonida ilmiylik, tarixiylik, 
mantiqiylik, obyektivlik tamoyillariga amal qilingan holda an’anaviy us- 
ullar, davra suhbati, klaster. bahs-munozara, aqliy hujum, matbuot kon- 
ferensiyasi, taqdimot kabi zamonaviy pedagogik texnologiya vositalari- 
dan foydalanish maqsadga muvofiq.
Fanni o‘zlashtirish mobaynida interfaol usullaming turli shakllari- 
dan, zamonaviy elektron texnika vositalaridan, ko‘rgazmali qurollardan 
keng foydalaniladi.


M a’ruza matni
1. Fuqarolik jamiyatining shakllantirish va rivojlantirishda 
demokratik institutlarning tutgan o‘rni
Demokratik tamoyillarga amal qilib, fuqarolik jamiyati qurishni maq- 
sad qilgan jamiyatda fuqarolarning davlat va jamiyatni boshqarishga keng 
jalb etish, faol ishtirokini ta'minlash asosiy siyosiy maqsadga aylanadi. 
Bu - demokratik institutlarning rivojini xarakterlovchi muhim mezondir. 
Shu ma’noda, “Demokratiya, - deb yozadi birinchi Prezident Islom 
Karimov, — inson, jam iyat, davlat degan uch subyekt o‘zaro bir-biri- 
ni to ‘ldiradigan, bir-birini boyitib, kerak bo‘lsa, nazorat qilib tura- 
digan tizim dem akdir. Bu bar qaysi insonning jam iyat bilan, jami- 
yatning esa davlat bilan munosabatini, ular o‘rtasidagi muvozanatni 
anglatadi”.1
Xususan, mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab 0 ‘zbekistonda 
xalqning davlat hokimiyatini boshqarishda ishtirok etishini ta’minlash- 
ning siyosiy-huquqiy asoslari yaratilishiga alohida e’tibor qaratildi. Res- 
publikamizda yangi demokratik jamiyat asoslariga o‘tish, totalitarizmdan 
meros bo‘lib qolgan davlat va fuqaro munosabatlariga barham berish si- 
yosatning ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Qisqa davrda mamlakatda “fuqa­
ro -jam iy at - davlat” tizimi qonuniy asosga qo‘yildi. Bu - siyosiy jihat- 
dan keng va atroflicha tahlilga ega bo‘lgan jarayon. Chunki, uning mohi- 
yati jamiyatda demokratik jarayonlami amalga oshirishni nazarda tutadi
eng muhimi, fuqaro manfaati bilan davlat hokimiyatini boshqarish o‘zaro 
muvofiqlashtiriladi. Jamiyatda insonning barcha huquqlari, xususan, dav­
lat ishlarida qatnashish, e’tiqod erkinligi, yig'ilishlar, uyushmalar erkinli- 
gini amalda ta’minlash siyosiy voqelikka aylanadi. “Fuqaro” va “davlat” 
munosabatlaridagi mavjud begonalashish jarayonlariga barham berilib, 
ulami davlat hokimiyatini boshqarishga bo‘lgan mas’ulligi hamda davlat- 
ning fuqarolar oldidagi javobgarligi vujudga keldi. Jumladan, bosh Qo- 
musimizning 32-moddasida belgilab qo‘yilganidek, 0 ‘zbekiston Res- 
publikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevo- 
sita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar." Bunday 
imkoniyat jamiyatda demokratik institutlarning rivoji bilan ta’minlana- 
di.
1 Karimov I. A. Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir T.: 0 ‘zbekiston. 
2015. B. 17.
2 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: 0 ‘zbekiston. 2014. 13-b.
6



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling