22. Elektr tokidan jabrlanishni oldini olish uchun asosiy himoya vositalari?
Elektr qurilmalarda ishlatiladigan himoya vositalariga quyidagilar kiradi: Izolyatsiyalovchi tezkor shtangalar, izolattsiyalovchi qisqichlar, kuchlanish ko'rsatikchlari, izolyatsiyalovchi o'lchov shtangalari, tok o'lchovchi qisqichlar, izolyatsiyalovchi narvonlar, maydonchalar, changaklar va izolyatsiyalangan dastali asboblar, rezinali dielektrik qo'lqoplar, botlar, kalishlar, gilamchalar, ko'chiriluvchi erlagichlar, vaqtinchalik to'siqlar, ogohlantiruvchi plakatlar.
23. Nolga ulash nima degani?
Qobiqga tutashuv oqibatida kuchlanish ostida qolishi mumkin bo'lgan elektr kurilmalarining tok utkazmaydigan kismlarini oldindan nol sim bilan ulab kuyish nolga ulab muxofaza kilish deyiladi. Nolga ulab qo'yish maqsadi - qobiqga tutashuv oqibatida kuchlanish ostida qolgan elektr qurilmalaming qobig'iga va boshqa tok o'tkazmaydigan metal qismlariga teginib ketishda tok urish xavfini bartaraf etish. Himoya erlagichiga nisbatan ushbu masala quyidagi usul bilan echiladi: shikastlangan elektr qurilmasi tezlik bilan tarmoqdan uziladi. Ammo qobiq nollangan himoya simi orqali erlanganligi sababli avariyaviy holatda, ya'ni qobiqga tutashuv paydo bo'lish davridan qurilmaning tarmoqdan uzilishiga qadar ushbu erlanishning himoya hususiyati himoya erlanish kabi paydo bo'ladi. Nolga ulashning ishlash printsipi - himoyaning ishlab ketishini ta'minlashi va shu bilan shikastlangan qurilmani avtomatik ravishda tarmoqdan uzish imkoni bo'lgan kata tok kuchini paydo qilish maqsadida qobiqdagi tutashuvni bir fazali qisqa tutashuvga
aylantirishdir (ya'ni fazaU va nolli simni tutashtirish). Ushbu himoyaga qisqa tutashuv toklaridan elektr energeyasi iste'molchilarini himoya qilish uchun ulardan oldinqo'yiladigan eruvchan predoxranitellar yoki maksimal avtomatlar, iste'molchini zo'riqishdan himoyalovchi masofada ishga tushirishga va termik releli kontaktorlari mavjud elektrodvigatelni to'xtatishga mo'ljallangan issiqlik himoyasi o'matilgan magnit starteri va oxiri bir paytning o'zida qisqa tutashuv toklaridan va zo'riqishdan himoyalovchi kombinatsiyalangan uzgichli avtomatlar. Nolga ulash sohasi - neytral erga mustaxkam ulangan 1000 V uch fazali 4 ta simli tarmoqlar. Odatda bunday tarmoqlar 380/220 V, 220/127 V, hamda 660/380 V tarmoqlaridir.
IQX boshlig’i A.Z. Mirzakarimov
Do'stlaringiz bilan baham: |