Student: Jo‘raboyeva Moxlaroyim Group: Filologiya Ingliz tili 23 07 Subject: Tarix


Download 22.68 Kb.
bet3/8
Sana31.01.2024
Hajmi22.68 Kb.
#1829209
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Moxlaroyim

Yaqinda AQSh Davlat departamenti tomonidan O‘zbekiston diniy erkinlik sohasidagi “maxsus kuzatuvdagi davlatlar” ro‘yxatidan chiqarilgani keng ko‘lamli demokratik islohotlarimizning e’tirofi bo‘lgan bo‘lsa, faol iqtisodiy islohotlarimiz natijasida yaqinda BMT ning Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (YUNIDO) ning “Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi” bo‘yicha hisobotida mamlakatimiz ilk marotaba aks etti va 152 ta davlat orasida 92o‘rinni, MDH ga a’zo davlatlar orasida 5-o‘rinni, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida esa 2-o‘rinni egalladi. Xususan, iqtisodiyotda davlatning rolini kamaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan bosqichma-bosqich islohotlar 2020-yilda Jahon bankining “Biznes yuritish” indeksida 76-o‘rindan 69-o‘ringa ko‘tarilishimizga, “Transparency International”ning korrupsiyani qabul qilish hamda “World Justice Project”ning Qonun ustuvorligi indekslarida yurtimizning o‘rni yaxshilanishiga olib keldi. So‘nggi to‘rt yil mobaynida mamlakatimiz Meros jamg‘armasining “Iqtisodiy erkinlik” indeksida 52 pog‘onaga, Jahon bankining “Logistika samaradorligi” indeksida 19 pog‘onaga, “Biznes yuritish” indeksida 18 pog‘onaga ko‘tarildi.

Shu bilan birga, bu yo‘nalishda hali qilinishi kerak bo‘lgan muammo va vazifalar talaygina. Chunki, Xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatimiz o‘rnining yaxshilanishi ko‘p jihatdan qabul qilayotgan qonunlarimizning joylardagi ijrosiga bog‘liq. Shu bilan birga, ayrim rahbarlar reytinglar bilan ishlashga yetarlicha e’tibor qaratmayotganligi va xalqaro tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan so‘rovlarda aksariyat islohotlar o‘z aksini topmayotganligi oqibatida ustuvor xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasi quyi pog‘onalarda qolmoqda. Asosan, siyosiyhuquqiy reyting va indekslarda mamlakatimiz o‘rinlari nisbatan quyi pog‘onalarda. Masalan, So‘z erkinligi va hisobdorlik indeksida 191-o‘rinda, Normativ sifat indeksida 184-o‘rinda, Korrupsiyani nazorat qilish indeksida 183-o‘rinda, Qonun ustuvorligi indeksida 182-o‘rinda, Jahon matbuot erkinligi indeksida 156-o‘rinda turibmiz. Biroq shuncha ishlarga qaramay, indekslardagi ko‘rsatkichlar bu borada hali kamchiliklarimiz borligini ko‘rsatib turibdi.


Download 22.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling