Student: Jo‘raboyeva Moxlaroyim Group: Filologiya Ingliz tili 23 07 Subject: Tarix
Download 22.68 Kb.
|
Moxlaroyim
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringiz uchun raxmat
XX asr oxiri XXI asr boshlari xalqaro terrorizmga qarshi keskin kurash davri bo‘ldi. Bu kurashga O‘zbekiston o‘zining katta hissasini qo‘shmoqda. Buni AQSH senatorlaridan Liberman tasdiqlab: “O‘zbekistonsiz bizning Afg‘onistondagi aksilterrorchilarga qarshi kurashimiz muvaffaqiyatli bo‘lmas edi”, degan edi. O‘zbekistonning ichki rivoji va jahonda o‘zining munosib o‘rnini topishida Yevropa Ittifoqi (YEI) bilan hamkorliklar ham o‘z hissasini qo‘shmoqda. O‘zbekiston bilan YEI o‘rtasidagi bitim 1996 yil 21-22 iyun kunlari Italiyaning Florensiya shahrida YEI davlatlari rahbarlarining yig‘ilishida O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan imzolandi. Florensiyaning “Fortezza de basso” qal’asida Yevropa Ittifoqiga kiruvchi davlatlar va hukumat boshliqlarining navbatdagi uchrashuvi – sammitida imzolangan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bu hujjat O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga dadil kirib borishida, o‘z o‘rni va ovoziga ega bo‘lishida katta ahamiyat kasb etdi. Birinchi Prezident I.A.Karimov ushbu bitimni “O‘zbekiston bilan YEI o‘rtasidagi munosabatlarda “Yangi turmush nuqtasi”, deb atagan edi.Birinchi Prezident I.A.Karimov ushbu bitimni “O‘zbekiston bilan YEI o‘rtasidagi munosabatlarda “Yangi turmush nuqtasi”, deb atagan edi. Mazkur bitim O‘zbekistonni Yevropaning rivojlangan davlatlari bilan har tomonlama aloqalari respublika salohiyatini yuzaga chiqarishda, demokratiya va bozor islohotlarini amalga oshirish yo‘lida muvaffaqiyatli harakat qilish uchun katta imkoniyat yaratdi. Xususan, Italiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi ilg‘or davlatlar bilan bo‘layotgan hamkorliklar davlatlarning iqtisodiy, madaniy aloqalarida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ilm-fan, madaniyat, san’at, ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorlikning keng ko‘lamda olib borilishi ham respublika taraqqiyoti uchun muhim omil bo‘lib xizmat qildi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2011 yil 24 yanvarda Bryusselga amalga oshirgan taklifi Yevropa va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikda yana bir yangi davr ochdi.E’tiboringiz uchun raxmatDownload 22.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling