Student: Jo‘raboyeva Moxlaroyim Group: Filologiya Ingliz tili 23 07 Subject: Tarix


Download 22.68 Kb.
bet4/8
Sana31.01.2024
Hajmi22.68 Kb.
#1829209
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Moxlaroyim

Alohida ta’kidlash lozimki, biron-bir davlatning xalqaro reyting va indekslarda tutgan o‘rni ko‘p jihatdan o‘sha mamlakatning olib boradigan tashqi siyosatiga ham bog‘liq. Chunki, mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatning xavfsizligi, barqarorligi va taraqqiyoti ko‘p jihatdan xorijiy davlatlar bilan olib boriladigan faol tashqi siyosatga bog‘liq. Shuning uchun elchilarimiz bu holatga alohida e’tibor qaratib, xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnimizni yaxshilash uchun amaliy ishlar qilishi zarur. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yilning 11-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning xorijdagi elchixonalari faoliyatiga bag‘ishlagan nutqida: “Sizlar (Elchilar) O‘zbekiston ochiq, amaliy va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini xorijiy mamlakatlarning keng jamoatchiligiga yetkazish bo‘yicha muntazam ish olib borishingiz zarur” deb ta’kidlab o‘tgan. Chunki diplomatlarimiz davlatimizning tashqi siyosatini samarali amalga oshirish uchun to‘liq mas’ul va javobgardir.

Xalqaro tashkilotlar davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda maqsad va manfaatlari, harakat yo‘nalishlariga, jahon siyosatida tutgan o‘rni va roliga qarab turlicha ahamiyat kasb etadi. Ular turli tarixiy sharoitlarda vujudga kelgan bo‘lib, siyosiy faoliyat subyektlari sifatida bir-biridan farq qiladi va xalqaro siyosatda turlicha mavqeni egallaydi. O‘zbekistonning tashqi siyosatda mintaqalararo xavfsizlikni ta’minlashda xalqaro tashkilotlar faoliyatidan, ularning dasturlaridan ham keng foydalanishi istiqbolli natijalarni ko‘rsatadi. Ko‘pgina mintaqaviy tashkilotlar, chunonchi, NATO, EKO, Islom konferensiyasi, Qo‘shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali hamkorliklar yo‘lga qo‘yildi. 1994 yil iyul oyida O‘zbekiston NATOning “Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik” dasturiga qo‘shildi. Bu dasturga ko‘ra O‘zbekiston harbiy qismlari Shimoliy Karolina (AQSH) dagi Kemp Lejyup dengiz piyodalari poligonida o‘tkazilgan harbiy mashqlarda, O‘zbekiston hududida amerikaliklar bilan o‘tkazilgan desantchilarning “Ultrabalans-96” harbiy mashqlarida qatnashdilar. Shuningdek, Respublika harbiy bilim yurti talabalari 1997 yil Norvegiyada o‘tkazilgan “Kooperativ bankers-97” mashqlarida ham qatnashdilar.


Download 22.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling