Student: Jo‘raboyeva Moxlaroyim Group: Filologiya Ingliz tili 23 07 Subject: Tarix
Download 22.68 Kb.
|
Moxlaroyim
YEXHTning Markaziy Osiyo bilan aloqalari bo‘yicha Byurosi mintaqada barqarorlikni ta’minlash maqsadida mintaqadagi respublikalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib olgani quvonarli holdir. Ushbu byuroning tashabbusi bilan Toshkentda YEXHTning “Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar”, “Ommaviy axborot vositalari demokratlashtirish sharoitida” mavzusidagi bir qator anjumanlari o‘tkazildi. Seminarlar Markaziy va Sharqiy Yevropada inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar faoliyatini rivojlantirish, xalq ta’limi va ommaviy axborot vositalarining inson huquqlari sohasidagi roli masalasini ko‘rib chiqdi. Bunday yig‘ilishlarda O‘zbekistonning ishtiroki tinchilikparvar tashqi siyosat yuritishida asosiy omil bo‘lib qoldi. O‘zbekiston bilan YEXHT (Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti) bilan hamkorligi ham o‘z samarasini bera boshladi. 1992 yil 26 fevralda O‘zbekiston YEXHT kengashining yakunlovchi hujjatiga imzo chekib, ikki o‘rtadagi hamkorliklar boshlandi. Mazkur hujjat imzolangan vaqtdan beri O‘zbekistonning Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bo‘linmalaridagi ishtiroki tobora kengayib bormoqda. YEXHTning Markaziy Osiyo bilan aloqalari bo‘yicha Byurosi mintaqada barqarorlikni ta’minlash maqsadida mintaqadagi respublikalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib olgani quvonarli holdir.Ushbu byuroning tashabbusi bilan Toshkentda YEXHTning “Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar”, “Ommaviy axborot vositalari demokratlashtirish sharoitida” mavzusidagi bir qator anjumanlari o‘tkazildi. Seminarlar Markaziy va Sharqiy Yevropada inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar faoliyatini rivojlantirish, xalq ta’limi va ommaviy axborot vositalarining inson huquqlari sohasidagi roli masalasini ko‘rib chiqdi. Bunday yig‘ilishlarda O‘zbekistonning ishtiroki tinchilikparvar tashqi siyosat yuritishida asosiy omil bo‘lib qoldi. 1996 yilda Lissabon shahrida YEXHTning sammiti bo‘lib, O‘zbekiston rahbariyati xavfsizlik doirasiga kiruvchi qarashlarini bayon etdi. Mazkur anjumanda Birinchi Prezidentimiz yig‘ilish ishtirokchilariga Markaziy Osiyo mintaqasini yadrosiz zona, deb yana bir bor e’lon qildi. O‘zbekiston rahbariyatining mojarolar kuchayib borayotgan yerlarga qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatish haqidagi fikri Lissabon uchrashuvining yakunlovchi hujjatiga kiritildi. 1999 yil 18-19 noyabr kunlari mazkur tashkilotga a’zo 54 mamlakat rahbarlarining Turkiyaning Istambul shahrida oliy darajadagi uchrushuvi bo‘lib, mazkur anjumanda ancha dolzarb muammolar, jumladan, Yevropada xavfsizlik va hamkorlikni mustahkamlashning asosiy tamoyillari ishlab chiqilgan edi.Download 22.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling